Онлайн фильмы
Смотреть фильмы онлайн сегодня не только удобно, но и практично. Конечно же, просмотр киноновинки дома врядли сможет заменить вам поход с любимой девушкой или друзьями в кинотеатр, однако позволит сэкономить на стоимости билета и при этом смотреть фильмы в неограниченном количестве. Сегодня мировой кинематограф фактически ежедневно радует любителей кинематографа киноновинками. Пересмотреть все киноновинки посещая кинотеатр, у вас не хватит ни времени, ни денег. Да это и не нужно делать, ведь порой, реклама фильма у его создателей получается лучше, чем сам фильм. К тому же фильмы интересные одной аудитории, совершенно не интересны другой части зрительской аудитории, и порой по названию и описанию фильма не всегда можно определить будет ли этот фильм интересно смотреть или нет.
Ilm olayotgan odam
Илм олаётган одам
|
Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy
Имом Муҳаммад ибн Ҳасан Шайбоний
|
Энг катта бойлик
Абу Ҳурайрадан (розийаллоҳу анҳу) ривоят қилинишича, Расулуллоҳ (соллалоҳу алайҳи ва саллам) бир саҳобага: “Аллоҳ сенга тақсимлаган нарсага рози бўлсанг, одамларнинг энг бойига айланасан”, деганлар (Абу Ҳурайра). Ҳақиқий бой бўлиш бу Аллоҳ тақсим қилган ризққа қаноат ва одамлар қўлидаги нарсадан тама қилмасликдир. Абдуллоҳ ибн Ҳафиф: “Қаноат қўлида бўлмаган нарсага қаттиқ истакни тарк қилиб, бор нарса билан кифояланишдир”, деган (Ибн Ҳажар Асқалоний, “Фатҳул Борий ”). Абу Убайда ибн Жарроҳдан ривоят қилган ҳадисда: Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам): “Агар одам боласининг бир водий тилласи бўлса, у яна бир водий тилласи бўлишини ва агар икки водий тилласи бўлса учинчи бир водий тилласи бўлишини истайди. Одам боласининг қорнини фақат тупроқ тўлдиради”, дея марҳамат қилганлар (“Фатҳул Борий ”). Орифлар айтишган: “Иззат ва бойлик дўст излаб йўлга чиқишди ва қаноатга йўлиқишди”. Аллоҳ таоло бешта нарсани бешта нарсага: иззатни тоатга; хорликни гуноҳларга; ҳайбатни кечаси намоз ўқишга; ҳикматни очликка; бойликни қаноатга боғлиқ қилган. Бир ориф фарзандига: “Эй ўғлим, қаноат қилса, қул ҳурдир ва тама қилса, ҳур ҳам қулдир” деган. Ибн Атоуллоҳ Сакандорий бундай дейди: “Сен тама қилмаган нарсангда ҳурсан, Тама қилганингда қулсан”. Умар ибн Хаттоб: “Эй одамлар, тама бу фақирлик, қаноат бойликдир”, деган. Зуннун Мисрий: “Ким қаноатли бўлса, ўз замонасидаги одамлардан хотиржам бўлади ва яқинларидан олий бўлади”, дейди. Олим ва орифла ... Читать дальше » |
O‘zbekning fe’li: Mehnatsevarlik
Mehnatsevarlik o‘zbekning qon-qoniga singib ketgan xayrli fazilatlardandir. Kattalarimiz uqtirishlaricha, mehnat – shodlik, rohat va baxt poydevori. |
Odamiylik ko‘rki yoxud salomlashish xususida
Atrofdagi kishilarga mutlaqo e’tibor bermay, o‘zlarining bachkana qiliqlaridan uyalmay bir-birini cho‘lp-cho‘lp o‘payotgan kishilarni ko‘p ko‘rganmiz. Qiziq, xalqimizning urf-odatlarida bunday salomlashish tarzi avvaldan bormidi yoki madaniy saviyasi kundan-kunga "ortib" borayotgan ayrim zamondoshlarimizning o‘zlari bu odatni "kashf" etishdimi? |
Musulmon kishining vaqt oldidagi vazifalari
Мусулмон кишининг вақт олдидаги вазифалари Вақтни тежашга ёрдам берувчи сабаблар: 1. Ўзига ўзи ҳисоб бериш. Бу самарали услуб солиҳлар одати, тақводор зотлар йўлидир. Азиз биродар, ўзингизни ўзингиз ҳисоб-китоб қилинг. Кунни қаерда, нима ишлар билан ўтказдингиз? Шу куни сизнинг яхшилигингиз ортдими ёки ёмонлигингиз? Шу бир кунингизнинг жавобини бера оласизми? 2. Нафсни фаолиятга ўргатиш. Кимки ўзини олий ишларни қилишга ва бекорчи ишлардан узоқлашишга ўргатса, вақтини ғанимат билган бўлади. Чунки фаол инсон бекорчи ишлар билан қаноатланмайди. Кишининг ҳиммати қанча баланд бўлса, қиладиган амаллари ҳам шунча улуғ бўлади. 3. Вақтларини муҳофаза қиладиган кишилар билан суҳбатда бўлиш. Албатта, солиҳ зотлар билан суҳбат қилиш вақтни ғанимат билишга ўргатади. Ўтганлардан бир гап бор: “Агар бир қавмнинг орасида бўлсанг, яхшиларга ёндошгин. Ёмонлардан йироқ юр. Акс ҳолда, улар билан бирга ҳалок бўласан. Сен кишидан ўзи ҳақида эмас, балки унинг ҳамсуҳбати ҳақида сўрагин. Чунки ҳар ким ўз яқинига эргашади”. 4. Салафлар ҳаётидан ибратланиш. Салафлар ҳаётини ўрганиш биз учун айниқса фойдали. Чунки улар вақтнинг қадрини жуда яхши билар эдилар. Улар умрнинг ҳар лаҳзасини ғанимат билиш ва уни Аллоҳга итоатда ўтказишда энг чиройли намунадирлар. 5. Вақтдан унумли фойдаланишда турлича йўл тутиш. Инсон бир иш ҳадеб такрорланаверса, зерикиб қолади. Демак, турли амаллар билан оз-оздан шуғулланиб туриш вақтдан имкон қадар кўпроқ фойдаланишда ёрдам беради. «Ҳидоят» журнали 2003 йил 6-сонидан олинди.
* * *
Musulmon kishining vaqt oldidagi vazifalari Vaqtni tejashga yordam beruvchi sabablar: 1. O‘ziga o‘zi hisob berish. Bu samarali uslub solihlar odati, taqvodor zotlar yo‘lidir. Aziz birodar, o‘zingizni o‘zingiz hisob-kitob qiling. Kunni qaerda, nima ishlar bilan o‘tkazdingiz? Shu kuni sizning yaxshiligingiz ortdimi yoki yomonligingiz? Shu bir kuningizning javobini bera olasizmi? 2. Nafsni faoliyatga o‘rgatish. Kimki o‘zini oliy ishlarni qilishga va bekorchi ishlardan uzoqlashishga o‘rgatsa, vaqtini g‘animat bilgan bo‘ladi. Chunki faol inson bekorchi ishlar bilan qanoatlanmaydi. Kishining himmati qancha baland bo‘lsa, qiladigan amallari ham shuncha ulug‘ bo‘ladi. 3. Vaqtlarini muhofaza qiladigan kishilar bilan suhbatda bo‘lish. Albatta, solih zotlar bilan suhbat qilish vaqtni g‘animat bilishga o‘rgatadi. O‘tganlardan bir gap bor: “Agar bir qavmning orasida bo‘lsang, yaxshilarga yondoshgin. Yomonlardan yiroq yur. Aks holda, ular bilan birga halok bo‘lasan. Sen kishidan o‘zi haqida emas, balki uning hamsuhbati haqida so‘ragin. Chunki har kim o‘z yaqiniga ergashadi”. 4. Salaflar hayotidan ibratlanish. Salaflar hayotini o‘rganish biz uchun ayniqsa foydali. Chunki ular vaqtning qadrini juda yaxshi bilar edilar. Ular umrning har lahzasini g‘animat bilish va uni Allohga itoatda o‘tkazishda eng chiroyli namunadirlar. 5. Vaqtdan unumli foydalanishda turlicha yo‘l tutish. Inson bir ish hadeb takrorlanaversa, zerikib qoladi. Demak, turli amallar bilan oz-ozdan shug‘ullanib turish vaqtdan imkon qadar ko‘proq foydalanishda yordam beradi. «Hidoyat» jurnali 2003 yil 6-sonidan olindi. |
Sirojiddin Sayyid Kitob oling
КИТОБ ОЛИНГ |
Mahmudxon Maxdum Salom odobi
САЛОМ ОДОБИ |
Mahmudxon Maxdum Kitob
КИТОБ |
Mahmudxon Maxdum. Kiyinish odobi
КИЙИНИШ ОДОБИ |
Mahmudxon Maxdum. Mazhab haqida
МАЗҲАБ ҲАҚИДА |
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy o‘gitlari
Хожа Абдулхолиқ Ғиждувоний ҳозирги замонда дунё жамоатчилиги томонидан энг илғор демократик тамойилларга амал қилувчи, илоҳиёт ва дунёвийликни инсонпарвар нуқталарда туташтирган, жаҳонда энг кўп мухлисга эга бўлган Хожагон-нақшбандия тариқати асосчисидир. |
To‘rt ariqning sharbati nadur?
Biz Qul Xo‘ja Ahmad hikmatlari mohiyatidan xabardormiz, deya olamizmi? O‘qilishidan sodda, tushunarliday ko‘ringan bu hikmatlar aslida “ma’niyi Qur’on” (shayxning o‘z e’tirofi) ekanligini bilamizmi? Mana ulug‘ pirimiz hikmatlaridan biri: |
Salaflar shuhratni yomon ko‘rishgan
Muhammad ibn Munkadir hikoya qiladi: "Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida mening ustunim bor edi. Kechalari uning oldida namoz o‘qirdim, keyin suyanib o‘tirardim. Bir yili Madina ahli yomg‘irsiz qoldi. Shunda ular Allohdan yomg‘ir so‘rab (dalaga) chiqishdi. Lekin yomg‘ir yog‘madi. O‘sha kechasi men Masjidi Nabaviyda (s.a.v.) oxirgi - xufton namozini o‘qib bo‘lib, ustunimga suyanib o‘tirgan edim. Bir payt egniga ko‘ylak kiygan, yana boshqa bir ko‘ylakni bo‘yniga tashlab olgan qop-qora odam kirib keldi. Mening ustunimning old tomoniga o‘tib ikki rakaat namoz o‘qidi-da, o‘tirdi. So‘ng dedi: "Ey Rabbim, payg‘ambaring haramidagilar yomg‘ir so‘rashdi, lekin yomg‘ir bermading. Men Sendan o‘tinaman, ularni sug‘or". Jinni bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Ammo u duodan qo‘lini qo‘ymasdan turib, osmonda momaqaldiroq ovozi eshitildi. Yomg‘ir kelayotgan edi. Uyga qaytmoqchi bo‘ldim. Yomg‘ir ovozi eshitilgach, o‘sha odam Allohga hamdlar aytdi. Shunday aytdiki, umrimda unaqasini eshitmaganman. Keyin: "Men kimmanki duoyimni ijobat qilding. Lekin men Senga hamd aytish bilan, qudrating bilan panoh so‘radim", dedi. So‘ngra namoz o‘qiy boshladi. Qiyomda uzoq turdi. Subh yaqinlashganini sezgach, sajda qildi va vitr o‘qidi. So‘ngra bomdodning ikki rakat sunnatini ado qildi. Keyin farziga jamoatga qo‘shildi. Men ham qo‘shildim. Imom salom bergach, o‘rnidan turdi. Orqasidan men ham turdim. Masjidning eshigiga yetgach, kiyimini yopinib tashqariga chiqdi va yomg‘irga "sho‘ng‘idi". Ortidan kiyimimni ko‘tarib chiqdim, tezda suv bo‘lib ketdim va uning qayoqqa ketganini bilmay qoldim. "Abu Abdulloh, xush kelibsiz. Xizmat bormi? Mahsi tikib beraymi?" deb so‘radi. "O‘tgan kecha yonimda o‘tirgan sen emasmiding?" dedim men. Uning yuzi o‘zgardi. G‘azabi keldi. "Bu bilan sizning nima ishingiz bor?" dedi. Darhol uning oldidan chiqdim. Uchinchi kechada yana namozni o‘qib ustunga suyangancha uni kutdim. Lekin kelmadi. "Inna lillahi, nima qilib qo‘ydim?!" dedim. Quyosh chiqquncha masjidda o‘tirdim. Keyin chiqib o‘sha hovliga bordim. U turgan uyning eshigi ochiq, ichida hech narsa yo‘q edi. Hovlidagilar mendan: "Kecha oralaringdan nima gap o‘tdi?" deb so‘rashdi. "Unga nima bo‘ldi?" dedim. "Siz ketganiigizdan keyin kiyimini yoyib, te ... Читать дальше » |
Hazrati Umar o‘pgan bosh
Abu Rofe‘dan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: |
Onang sendan ayrilib qolsin, Talha!
Talha ibn Ubaydulloh kechqurun uyiga qaytayotgan edi. Mahallalardan birida eshik ochilib, ichkaridan novcha odam chiqib keldi. Uy Hazrati Umarniki emasligi kundek ravshan edi. Unday bo‘lsa, xalifa tunda bu uyda nima qilib yuribdi? Talha ko‘rmaganga olib, tez-tez yurib ketdi. |
Shukrona
Hazrati Umar oldlariga keltirilgan hech bir taomdan qusur qidirmasdilar. Ba’zan yeydigan narsalari qullar ham burun jiyitadigan taom bo‘lardi. Bundan xizmatkorlari Aslamning (yoki Yarfa) ham jahli chiqardi. Hazrati Umardek kahri qattiq inson loaqal bir marotaba qizishib: "Yo‘qoting buni dasturxondan! Yeydigan narsa keltiring", deyishlari kerak edi. Bir kuni Aslam: "Bugun amirul mo‘mininni gapirishga majbur kilaman", deb, o‘shanga yarasha ish qildi: kul bo‘laturib, o‘zi ham xushlamaydigan taom — qotgan non va nordon sut keltirib, Hazrati Umarning oldlariga qo‘ydi. Aslam hech bo‘lmasa: "Buni o‘zingga ilinsam yermiding?" degan gapni eshitishdan umidvor edi. Hech bo‘lmaganda shunday desinlar... Yo‘q, Hazrati Umar har doimgidek dasturxondagilarni indamay yedilar va Allohga hamdu sanolar aytdilar. O’sha paytda Hazrati Umarning aytgan gaplari Aslamning quloqlarida muhrlanib qoldi: "Oh naqadar yaxshi ne’mat! Bugun shuni ham topolmagan qancha odamlar bor!" Ahmad Lutfiy Qozonchining “Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.)” (Toshkent, «Movarounnahr», 2005) kitobidan olindi. |
Qop ko‘targan xalifa
Bir tunda Hazrati Umar kuli Aslam bilan birgalikda Madinani aylangani chiqdi. Aylanib yurib, Harratu Voqim degan joyga keldi. Keyin Sirorga yetdi. U yerda olovni ko‘rib, Hazrati Umar: |
Imom al-Buxoriy: hayot yo‘llari
Imom al-Buxoriyning ismi Muhammad, kunyasi Abu Abdulloh, laqabi ba‘zan imom al-muhaddisiyn (muhaddislarning imomi, peshvosi), ba‘zan amir ul-mu‘miniyn fil-hadis (hadis ilmining amiri, sultoni) va nasabi Muhammad ibn Ibrohiym ibn al-Mug‘iyra ibn Bardazbah ibn Bazazbehdir. So‘nggi ikki ismi ibn Bardazbeh ibn Bazazbeh)dan ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning asl nasabi ajamlarga borib taqaladi. Bu fikr talay adabiyotlarda qayd qilingan bo‘lib, ko‘pchilik muhaddislarning ta‘kidlashlaricha, "Bardazbeh" so‘zi arabcha "zori‘" (ziroat, dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi kishi) ma‘nosini bildiradi. Mashhur olim imom as-Subkiy o‘zining "Tabaqot ash-shofi‘iyya al-kubro" ("Shofe‘iy ulug‘ tabaqalar") nomli yirik asarida Bardazbehning otasini Bazazbeh deb ko‘rsatgan.Imom al-Buxoriy haqida yozgan ko‘pchilik olimlar esa uning nasabini faqat Bardazbehga bog‘lab tugatganlar. Afsuski tarixchilar Bardazbeh, uning otasi Bazazbeh haqlarida deyarli hech qanaqa ma‘lumot keltirmaganlar. Ba‘zi olimlarning xabarlariga ko‘ra ular ikkovlarining kelib chiqishi ajamdan bo‘lib, ularning dinlariga e‘tiqod qilganlar. Imom al-Buxoriy otasining bobosi al-Mug‘iyra Buxoro hokimi Yaman al-Juafiydan islom dinini qabul qilgan bo‘lib, Buxoroni vatan tutib yashab qolgan. O‘sha paytdagi taomulga ko‘ra, agar biron kishi islom dinini kimdan qabul qilsa, o‘sha kishining qabilasiga mansub hisoblangan. Bu odat qabul qilingan dinga sodiqlikning belgisi bo‘lib, arabcha nisbat ul-vilo’ fil-islom (islom diniga sodiqlik nisbati) deb atalishi odat tusiga kirgan edi. Albatta al-Mug‘iyra ham o‘sha davrda ommaviy tus olgan ushbu urfdan holi bo‘lmaganligidan uning o‘zi ham, undan keyingi tug‘ilgan avlodlari ham, shu jumladan imom al- Buxoriy ham Ju‘afiy deb atala boshladilar. Imom al-Buxoriyning nasli-nasabi haqida tarixchilar keltirgan ma‘lumotlardan yana shuni qayd qilish kerakki, uning bobosi Bardazbehning ismini ba‘zilar aslida al-Ahnaf deb keltirganlar. Ahnaf deb odatda eng aqlli, dono kishilarganisbat berilgan, go‘yoki saxiy, qo‘li ochiq kishilar "Hotamtoy" deb aytilgani singari. Bundan ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning bobosining haqiqiy ismi Bardazbeh bo‘lsa-da, u oqil, zukko inson bo‘lganligidan al-Ahnaf laqabi bilan ham atalgan. |
AT-TERMIZIYNING «ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA» ASARI Abu Iso at-Termiziyning boshqa bir yirik asari «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari») deb ataladi. Bu asar ba’zi manbalarda «Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vassallam», «Ash-shamoil al-Muhammadiya» nomlari bilan ham keltirilgan. Asar payg‘ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u zotning suvrat va siyratlari, ajoyib fazilat va odatlariga oid to‘rt yuzu sakkiz hadisi sharifni o‘ziga jamlagan qimmatli manbadir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, ushbu mavzu ya∋ payg‘ambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to‘plash bilan juda ko‘p olimlar, muhaddislar shug‘ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan o‘rin olgan. Lekin at-Termiziy asarining boshqalardan afzalligi va farqi shundaki, muallif imkoni boricha payg‘ambar alayhissalom fazilatlariga doir barcha hadislarni muntazam ravishda to‘plab, mantiqan izchil bir holatda tartibga keltirgan va o‘ziga xos mustaqil, yaxlit kitob shaklida tasnif qilgan. «Ash-shamoil an-nabaviyya» azaldan islomshunos olimlar va tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharxlar va hoshiyalar ham yozilgan. Ulardan Abdurauf al-Munoviy al-Misriyning (vafoti 1003 hijriy yili) «Sharh ush-shamoil», Ali ibn Sulton al-Haraviy al-Qoriyning (vafoti 1192 hijriy yili) «Jam’ ul-vasoil fi sharhi ash-Shamoil», Sulaymon ibn Umar ibn Mansur al-Jumalning «Al-Mavohib al-Muhammadiyya bisharh ash-shamoil at-Termiziyya» kabilarni keltirish mumkin. Bu asarning bir qo‘lyozmasi Qohiradagi al-Azhar kutubxonasida 144 hadis ilmi raqami ostida saqlanmoqda, Muhammad ibn Jasus al-Molikiyning (vafoti 1182 hijriy yili) «Al-Favoid al-jaliyla al-bahiyya ala «Ash-shamoil al-Muhammadiyya (bu asar 1927 yilda nashr qilingan) va nihoyat al-Azhar universitetining sobiq shayxi Ibrohim al-Bojuriyning (vafoti 1277 hijriy yili) «al-Mavohib al-Laduniyya ala ash-shamoil at-Termiziyya» kabi sharhlarini ko‘rsatish mumkin. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlash kerakki, asar tili oddiy va ravonligi, soddaligi bilan ham ajralib turadi. Muhim tarixiy manba sifatida «Ash-shamoil an-nabaviyya» fors va turk tillariga ham tarjima qilingan. 1248 hijriy yili Hisomiddin an-Naqshbandiy tomonidan turkiy tilga qilingan tarjimasi arab tilini bilmaydigan turkiy xalqlar uchun g‘oyatda foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. At-Termiziyning ushbu asariga sharh yozgan shayx ibrohim al-Bojuriy: «Imom at-Termiziyning «Ash-shamoil an-nabaviyya» kitoblari o‘z bobida yakkayu yagona asardir. Uning ovozasi Mag‘ribu Mashriqqa borib yetdi»[52], - deb ta’kidlaydi. Mashhur olim Ali ibn Sulton al-Haraviy al-Qoriy o‘zining yuqorida zikr qilingan «Jam’ al-vasoil fi sharh ash-Shamoil» nomli sharhida at-Termiziyning ushbu asari xususida shunday deb yozadi: «Rasululloh sallollohu alayhi vassallamning fazilatlari, axloqlari haqida tasnif etilgan musannafotlarning eng chiroyli va yaxshisi bu Imom at-Termiziyning payg‘ambar siyratlari haqidagi mukammal va muxtasar kitoblaridir. Bu kitobni mutolaa qilgan har kishi janob payg‘ambarni ko‘rganday va ul zotning har bobidagi mahosini shariflaridan bahramand bo‘lganga o‘xshaydi»[53]. Oldinroq eslatib o‘tganimizdek, asarning Saudiya Arabistonida istiqomat qilgan vatandoshimiz Sayyid Maxmud Taroziy tomonidan ona tilimizga qilingan muxtasar tarjimasi 1990 yili Imom at-Termiziyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkentda qaytadan nashr qilindiki, bu hol buyuk muhaddisning qimmatli asarini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etishi shubhasizdir[54]. «Ash-shamoil an-nabaviyya»ning tuzilishi va tarkibi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu muxtasar asar ellik olti bobga bo‘linib u «bobun joa fi xalqi Rasululloh sallollohu alayhi vassallam», ya∋ «Rasululloh sallollohu alayhi vassallamning jismi karimlari haqida rivoyat qilingan hadis shariflar bobi» dan tashkil topgan. Umuman olganda, mazmun-mohiyatiga ko‘ra asarni ikki asosiy qismga bo‘lish mumkin. Birinchi qismga mansub hadislar payg& ... Читать дальше » |
Abu Iso at-Termiziy
Uning to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug‘iy at-Termiziy bo‘lib, hijriy 209 (melodiy 824) yili Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlog‘ida o‘rta hol bir oilada tavallud topgan[1]. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam‘oniy (1113-1167) at-Termiziy Bug‘ qishlog‘ida vafot etganligi uchun al-Bug‘iy taxallusi bilan ham atalganini, olimning ko‘p yig‘laganidan umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan az-Zariyr (ko‘zi ojiz) taxallusini olganligini ham qayd qiladi[2]. Lekin el orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur bo‘lishiga sabab uning butun hayoti va faoliyati (yoshligidan boshlab) Termiz shahri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligidan, shuningdek, olim tug‘ilgan Bug‘ qishlog‘i Termiz shahriga yaqin bo‘lib, ma‘muriy-idoraviy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanligidan deb izohlash mumkin. At-Termiziyning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Tarixchilar uning «Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u yerdan Termizga ko‘chib kelgan»[3], - degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar. Shuningdek, at-Termiziyning ko‘zi ojizligi xususida ham yozma manbalarda turli-tuman ma’lumotlar keltirilgan. Ba’zi mualliflar uni tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lgan desa, ko‘pchilik mualliflar olimning keyinchalik, umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligini yozadilar. At-Termiziy yoshligidan o‘ta tirishqoq, idrokli va zakovatli bo‘lganligi bois o‘z tengdoshlari ichida ajralib turgan. Ilmga o‘ta qiziqishi tufayli o‘sha davrning ko‘pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallagan. Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini qunt bilan o‘rgangan, qo‘shni Balx va Hayraton shaharlaridagi ilm ahllari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilishiga munosib hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Yoshligidan ilm-fanga tashna at-Termiziy 850 yildan, ya∋ yigirma olti yoshidan boshlab uzoq yurtlarga, qator xorijiy mamlakatlar va shaharlarga safar qiladi. Jumladan, u Hijozda - Makka va Madina, Iroq, Xurosonning qator shaharlarida ko‘plab muhaddis, ulamolar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan ta’lim oladi, qizg‘in ilmiy munozara va bahslarda ishtirok etadi. Tarixchi Shamsuddin az-Zahabiyning ta’kidlashicha[4], at-Termiziy Misr va Shomni shaxsan ziyorat qilmagan, shu boisdan ham bu mamlakatlar ulamolaridan bilvosita hadislar rivoyat qilgan. Uzoq yillar davom etgan safarlari chog‘ida at-Termiziy nafaqat hadis ilmidan, balki ilm al-qiroat, al-bayon, fiqh, tarix kabi fanning boshqa sohalari hamda ko‘plab ustozlardan saboq oladi. Shu bilan bir qatorda at-Termiziy payg‘ambar alayhissalom hadislarini to‘plashga alohida e’tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o‘zi o‘qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog‘ozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to‘g‘riligiga to‘liq ishonch hosil qilsagina maxsus qog‘ozlarga qayd etardi. Hadislarning to‘g‘riligiga shubha bo‘lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to‘g‘ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma’qul), zaiyf ( ... Читать дальше » |
AL-HAKIM AT-TERMIZIY ASARLARI Al-Hakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlar haqida yozgan mualliflar uning asarlarining soni haqida turli raqamlarni keltirganlar. Ba’zilarining fikriga ko‘ra uning asarlarining soni to‘rt yuztaga yaqin bo‘lsa, yana boshqalar al-Hakim at-Termiziy saksonta yoinki qirqta asar yaratganligi haqida yozganlar. Jumladan, misrlik olim shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning yozishicha, al-Hakim at-Termiziy to‘rt yuzdan ortiq asarlar yaratgan bo‘lib, ulardan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan. Eng muhimi, al-Hakim at-Termiziyning bizgacha yetib kelgan asarlari uning ilmiy merosining muhim qismini tashkil qiladi. Mana shu asarlardan eng avvalo payg‘ambar alayhissalomning hadisalariga bag‘ishlangan «Navodir al-usul fi ma’rifat axbor Rasul» («Rasululloh xabarlarini bilishda nodir usullar») nomli asarini aytish kerak. Bu asar shuningdek «Salvat al-orifiyn va bo‘ston al-muvahhadiyn» («Oriflar ovunchog‘i va Ollohning yagonaligiga ishonuvchilar bo‘stoni») nomi bilan ham ataladi. Bu asar hijriy 1294 (melodiy 1876) yilda Qustantiyniyada chop etilib, o‘zi tanlab olgan 291 hadisdan iborat ushbu kitobda al-Hakim at-Termiziy o‘z mazhabiy qarashlarini mufassal holda sharhlagan. Mazkur asarning bir qo‘lyozma nusxasi O’zbekiston musulmonlar idorasining kutubxonasida saqlanadi. Yana bir qo‘lyozmasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (№ 10842). Allomaning keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasavvufga oid ikki asarini ko‘rsatish mumkin. Ulardan biri «Kitob haqiyqat al-odamiyya» («Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob») va ikkinchisi «Adab un-nafs» («Nafs odobi») nomli asaridir. Al-Hakim at-Termiziy asarlarining aksar qismi qo‘lyozma holda jahonning yirik shaharlaridagi qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Ularni bir qadar shartli ravishda besh guruhga (majmuaga) bo‘lish mumkin. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Stambul va London kabi shaharlardagi qo‘lyozmalar jamg‘armalarida saqlanadi. Parij Milliy kutubxonasida (arab bo‘limi, 5018 raqamida) al-Hakim at-Termiziyning quyidagi o‘n ikkita asarining qo‘lyozmalari saqlanadi: 1. «Kitob us-salot va maqosiduho» («Namoz va uning maqsadlari»). 2. «Kitob ul-hajj va asrorihi» («Haj va uning sirlari»). 3. «Kitob ul-ihtiyotot» («Ehtiyotkorlik yo‘llari»). 4. «Kitob ul-jumal al-lozim ma’rifatiho» («Bilish lozim bo‘lgan jumlalar»). 5. «Kitob ul-furuq va man’ ut-taroduf» («Farqlar va taroduf (ketma-ketlik)ni ma’n qilish»). 6. «Kitob Haqiyqat ul-odamiyya» («Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob»). 7. «Kitob Urs ul-muvahaddiyn» («Yakka xudoga e’tiqod qilganlarning zavqi»). 8. «Kitob ul-a’zo van nafs va yusammo kazolika g‘avr ul-umur» («A’zolar va jon yoki ishlarning mohiyati haqida kitob»). 9. «Kitob Manozil al-ibod min al-ibodati» («Bandalarning bandachilikdagi manzillari yoxud Olloxga intiluvchilarning manzillari haqida kitob»). ... Читать дальше » |
Al-Hakim at-Termiziy
Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy bo‘lib, tarjimai holiga oid ma’lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning o‘zining qalamiga mansub «Bad’u sha’ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan. Uning mazkur shakldagi to‘liq ismi alloma tomonidan yozilgan «Navodir ul-usul fi ma’rifat axbor ar-rasul» («Rasululloh xabarlari haqidagi nodir usullar»), «Ilm ul-avliyo» («Valiylar (yoki avliyolar) ilmi»), «Xatm ul-avliyo» («Avliyolarning oxirgisi») va «Nazoir ul-Qur’on» («Qur’on ibratlari») kabi asarlarning nomlari yoinki muqaddima qismlarida ham aynan shu tarzda keltirilgan. Al-Hakim at-Termiziy tavallud topgan sana xususida ham yozilgan manbalar va adabiyotlarda turli yillar keltirilgan. Odatda, o‘rta asrlarga oid yozma manbalarda aksar hollarda muallifning faqat vafot etgan yili ko‘rsatilib, tavallud etgan sanasi keltirilmaydi. Jumladan, taniqli olim Hoji Xalifa o‘zining «Kashf uz-zunun» nomli mashhur asarining bir necha o‘rinlarida al-Hakim at-Termiziy vafotini hijriy 255 (melodiy 869) yil deb ko‘rsatgan. Shuningdek, allomaning Termiz shahri yaqinida joylashgan maqbarasi ustida o‘rnatilgan qabrtoshdagi bitiklarda ham uning hayoti haqida ba’zi ma’lumotlar keltirilib, vafot etgan sanasi hijriy 255 (melodiy 869) deb yozilgan. Boshqa ba’zi manbalarda ham uning mazkur sanada vafot etganligi qayd etiladi. Al-Hakim at-Termiziyning uzoq - 116 yoinki 120 yil umr ko‘rganligini e’tiborga olsak, alloma sakkizinchi asrning o‘rtalarida (taxminan 750-760 yillar oralig‘ida) tavallud topganligi ayon bo‘ladi. Ayni vaqtda ba’zi zamonaviy tadqiqotchilar uning tavalludi va vafoti haqida batamom boshqa sanalarni ko‘rsatganlar. Jumladan, al-Hakim at-Termiziyning hayoti va uning ta’limotini chuqur o‘rgangan misrlik taniqli olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka al-Hakim at-Termiziyni hijriy 205 (melodiy 820) yilda Termiz shahrida tavallud topib, uzoq umr ko‘rib, hijriy 320 (melodiy 932) yilda 112 yoshida vafot etganligi haqida yozadi. Mana shularni xulosa qilib aytish mumkinki, bu yo‘nalishda kelajakda olib boriladigan chuqur ilmiy tadqiqotlar alloma al-Hakim at-Termiziy tavalludi va vafoti sanalarini aniqlash imkonini beradi, deb o‘ylaymiz. Uning maqbarasi Termiz shahrining yaqinida Amudaryo bo‘yida joylashgan. Termiz shahri haqidagi qimmatli ma’lumotlarni arab geograflari al-Muqaddasiy (Ahsan ut-taqosim fi ma’rifat al-aqoliym), al-Istaxriy (al-Masolik val-mamolik), al-Balazuriy-Futuh ul-buldon va boshqa qator mualliflarning asarlarida uchratamiz. Mazkur manbalarda ta’kidlanishicha, al-Hakim at-Termiziy tug‘ilgan Termiz shahri ham IX asrda Movarounnahrning eng yirik va obod shaharlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan. Shaharda islomiy ilm va madaniyat yuksak darajada taraqqiy etgan. Ilm-fanning turli sohalari, jumladan, islomiy ilmlar bo‘yicha Termiz shahridan yetishib chiqqan ko‘plab allomalar at-Termiziy nisbasi bilan butun dunyoda mashhur bo‘lganlar. Jahoniy ehtiromga sazovor bo‘lgan termizlik buyuk siymolardan biri al-Hakim at-Termiziydir. Afsuski, al-Hakim at-Termiziyning bolalik va yoshlik yillari haqida manbalarda aniq ma’lumotlar uchratmadik. Uning ota-onasi haqidagi ba’zi xabarlardan ma’lum bo‘lishicha, uning otasi Ali ibn al-Hasan o‘z davrida hadis ilmining ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan. Arab tarixchisi al-Xatib al-Bag‘dodiy o‘zining mashhur «Tarixi Bag‘dod» («Bag‘dod tarixi») nomli asarida yozishicha, u musulmon olamining eng yirik markazlaridan sanalgan Bag‘dod sh ... Читать дальше » |
Hazrati Usmon mushafi qayerdan keltirilgan?
Ҳазрати Усмон ибн Аффон (розийаляоҳу анҳу) даврида кўчирилган Қуръони карим нусхаси (Мусҳафи Усмон)нинг юртимизга келиб қолиши ҳақида турли тахмин-фаразлар ва далиллар мавжуд. Атоқли олим шайх Исмоил Махдум Сотти Охунд Намангоний Тошкентдаги Усмон Мусҳафининг тарихи ” асарида Мусҳафнинг Мовароуннаҳрга келтирилиши хусусида бир неча мулоҳазаларини билдирганлар. Тарихчи олим Ҳамид Зиёевнинг эътиборингизга ҳавола этилаётган мақоласи бу мавзуга бир ойдинлик киритади, деган умиддамиз. |