Imom al-Buxoriy: hayot yo‘llari
Imom al-Buxoriyning ismi Muhammad, kunyasi Abu Abdulloh, laqabi ba‘zan imom al-muhaddisiyn (muhaddislarning imomi, peshvosi), ba‘zan amir ul-mu‘miniyn fil-hadis (hadis ilmining amiri, sultoni) va nasabi Muhammad ibn Ibrohiym ibn al-Mug‘iyra ibn Bardazbah ibn Bazazbehdir. So‘nggi ikki ismi ibn Bardazbeh ibn Bazazbeh)dan ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning asl nasabi ajamlarga borib taqaladi. Bu fikr talay adabiyotlarda qayd qilingan bo‘lib, ko‘pchilik muhaddislarning ta‘kidlashlaricha, "Bardazbeh" so‘zi arabcha "zori‘" (ziroat, dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi kishi) ma‘nosini bildiradi. Mashhur olim imom as-Subkiy o‘zining "Tabaqot ash-shofi‘iyya al-kubro" ("Shofe‘iy ulug‘ tabaqalar") nomli yirik asarida Bardazbehning otasini Bazazbeh deb ko‘rsatgan.Imom al-Buxoriy haqida yozgan ko‘pchilik olimlar esa uning nasabini faqat Bardazbehga bog‘lab tugatganlar. Afsuski tarixchilar Bardazbeh, uning otasi Bazazbeh haqlarida deyarli hech qanaqa ma‘lumot keltirmaganlar. Ba‘zi olimlarning xabarlariga ko‘ra ular ikkovlarining kelib chiqishi ajamdan bo‘lib, ularning dinlariga e‘tiqod qilganlar. Imom al-Buxoriy otasining bobosi al-Mug‘iyra Buxoro hokimi Yaman al-Juafiydan islom dinini qabul qilgan bo‘lib, Buxoroni vatan tutib yashab qolgan. O‘sha paytdagi taomulga ko‘ra, agar biron kishi islom dinini kimdan qabul qilsa, o‘sha kishining qabilasiga mansub hisoblangan. Bu odat qabul qilingan dinga sodiqlikning belgisi bo‘lib, arabcha nisbat ul-vilo’ fil-islom (islom diniga sodiqlik nisbati) deb atalishi odat tusiga kirgan edi. Albatta al-Mug‘iyra ham o‘sha davrda ommaviy tus olgan ushbu urfdan holi bo‘lmaganligidan uning o‘zi ham, undan keyingi tug‘ilgan avlodlari ham, shu jumladan imom al- Buxoriy ham Ju‘afiy deb atala boshladilar. Imom al-Buxoriyning nasli-nasabi haqida tarixchilar keltirgan ma‘lumotlardan yana shuni qayd qilish kerakki, uning bobosi Bardazbehning ismini ba‘zilar aslida al-Ahnaf deb keltirganlar. Ahnaf deb odatda eng aqlli, dono kishilarganisbat berilgan, go‘yoki saxiy, qo‘li ochiq kishilar "Hotamtoy" deb aytilgani singari. Bundan ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning bobosining haqiqiy ismi Bardazbeh bo‘lsa-da, u oqil, zukko inson bo‘lganligidan al-Ahnaf laqabi bilan ham atalgan.
Imom al-Buxoriyning otasi Ismoil, uning kunyasi Abul-Hasan bo‘lib, o‘z davrining yetuk muhaddislaridan sanalib, imom Molikning shogird va ashoblaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan ham shug‘ullangan. Afsuski hozircha uning qalamiga mansub biror asar haqida aniq ma‘lumotga ega emasmiz. Biroq uni Hamad ibn Zayd, imom Molik, Abu Muoviya kabi o‘z davrining yirik muhaddislaridan hadislar rivoyat qilgani, Abdulloh ibn al-Muborakning suhbatida bo‘lib, undan ta‘lim olgani haqidagi xabarlar manbalarda keltiriladi. Uning shogirdlaridan iroqlik bir qancha olimlar Ahmad ibn Hafs, Nasr ibn Husayn va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Imom al-Buxoriy "at-Ta‘rix al-Kabir" ("Katta ta’rix") asarida otasining tarjimai holi haqida talay ma‘lumotlar keltiradi. Tarixchi al-Hofiz ibn Hibbon o‘zining "Kitob as-Siqqot" ("Buyuk insonlar haqida kitob") nomli asarida Ismoil ibn Ibrohim ya‘ni al-Buxoriyning otasi, Hamad ibn Zayd va Molikdan hadislar rivoyat qilgan, undan esa iroqlik olimar hadislar rivoyat qilganlar",-deb ta‘kidlaydi.
Manbalarda zikr qilinishicha, alloma Ismoil o‘ta taqvodor, xudojo‘y, halol bir inson bo‘lgan. Tarixchi Ahiyd ibn Hafasning yozganlari bu fikrimizga yorqin dalildir. "Abu Abdulloh
...
Читать дальше »
|
AT-TERMIZIYNING «ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA» ASARI
Abu Iso at-Termiziyning boshqa bir yirik asari «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari») deb ataladi. Bu asar ba’zi manbalarda «Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vassallam», «Ash-shamoil al-Muhammadiya» nomlari bilan ham keltirilgan. Asar payg‘ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u zotning suvrat va siyratlari, ajoyib fazilat va odatlariga oid to‘rt yuzu sakkiz hadisi sharifni o‘ziga jamlagan qimmatli manbadir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, ushbu mavzu ya∋ payg‘ambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to‘plash bilan juda ko‘p olimlar, muhaddislar shug‘ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan o‘rin olgan. Lekin at-Termiziy asarining boshqalardan afzalligi va farqi shundaki, muallif imkoni boricha payg‘ambar alayhissalom fazilatlariga doir barcha hadislarni muntazam ravishda to‘plab, mantiqan izchil bir holatda tartibga keltirgan va o‘ziga xos mustaqil, yaxlit kitob shaklida tasnif qilgan. «Ash-shamoil an-nabaviyya» azaldan islomshunos olimlar va tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharxlar va hoshiyalar ham yozilgan. Ulardan Abdurauf al-Munoviy al-Misriyning (vafoti 1003 hijriy yili) «Sharh ush-shamoil», Ali ibn Sulton al-Haraviy al-Qoriyning (vafoti 1192 hijriy yili) «Jam’ ul-vasoil fi sharhi ash-Shamoil», Sulaymon ibn Umar ibn Mansur al-Jumalning «Al-Mavohib al-Muhammadiyya bisharh ash-shamoil at-Termiziyya» kabilarni keltirish mumkin. Bu asarning bir qo‘lyozmasi Qohiradagi al-Azhar kutubxonasida 144 hadis ilmi raqami ostida saqlanmoqda, Muhammad ibn Jasus al-Molikiyning (vafoti 1182 hijriy yili) «Al-Favoid al-jaliyla al-bahiyya ala «Ash-shamoil al-Muhammadiyya (bu asar 1927 yilda nashr qilingan) va nihoyat al-Azhar universitetining sobiq shayxi Ibrohim al-Bojuriyning (vafoti 1277 hijriy yili) «al-Mavohib al-Laduniyya ala ash-shamoil at-Termiziyya» kabi sharhlarini ko‘rsatish mumkin.
Kezi kelganda shuni ham ta’kidlash kerakki, asar tili oddiy va ravonligi, soddaligi bilan ham ajralib turadi. Muhim tarixiy manba sifatida «Ash-shamoil an-nabaviyya» fors va turk tillariga ham tarjima qilingan. 1248 hijriy yili Hisomiddin an-Naqshbandiy tomonidan turkiy tilga qilingan tarjimasi arab tilini bilmaydigan turkiy xalqlar uchun g‘oyatda foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. At-Termiziyning ushbu asariga sharh yozgan shayx ibrohim al-Bojuriy: «Imom at-Termiziyning «Ash-shamoil an-nabaviyya» kitoblari o‘z bobida yakkayu yagona asardir. Uning ovozasi Mag‘ribu Mashriqqa borib yetdi»[52], - deb ta’kidlaydi. Mashhur olim Ali ibn Sulton al-Haraviy al-Qoriy o‘zining yuqorida zikr qilingan «Jam’ al-vasoil fi sharh ash-Shamoil» nomli sharhida at-Termiziyning ushbu asari xususida shunday deb yozadi: «Rasululloh sallollohu alayhi vassallamning fazilatlari, axloqlari haqida tasnif etilgan musannafotlarning eng chiroyli va yaxshisi bu Imom at-Termiziyning payg‘ambar siyratlari haqidagi mukammal va muxtasar kitoblaridir. Bu kitobni mutolaa qilgan har kishi janob payg‘ambarni ko‘rganday va ul zotning har bobidagi mahosini shariflaridan bahramand bo‘lganga o‘xshaydi»[53]. Oldinroq eslatib o‘tganimizdek, asarning Saudiya Arabistonida istiqomat qilgan vatandoshimiz Sayyid Maxmud Taroziy tomonidan ona tilimizga qilingan muxtasar tarjimasi 1990 yili Imom at-Termiziyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkentda qaytadan nashr qilindiki, bu hol buyuk muhaddisning qimmatli asarini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etishi shubhasizdir[54].
«Ash-shamoil an-nabaviyya»ning tuzilishi va tarkibi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu muxtasar asar ellik olti bobga bo‘linib u «bobun joa fi xalqi Rasululloh sallollohu alayhi vassallam», ya∋ «Rasululloh sallollohu alayhi vassallamning jismi karimlari haqida rivoyat qilingan hadis shariflar bobi» dan tashkil topgan. Umuman olganda, mazmun-mohiyatiga ko‘ra asarni ikki asosiy qismga bo‘lish mumkin. Birinchi qismga mansub hadislar payg&
...
Читать дальше »
|
Abu Iso at-Termiziy
Uning to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug‘iy at-Termiziy bo‘lib, hijriy 209 (melodiy 824) yili Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlog‘ida o‘rta hol bir oilada tavallud topgan[1]. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam‘oniy (1113-1167) at-Termiziy Bug‘ qishlog‘ida vafot etganligi uchun al-Bug‘iy taxallusi bilan ham atalganini, olimning ko‘p yig‘laganidan umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan az-Zariyr (ko‘zi ojiz) taxallusini olganligini ham qayd qiladi[2].
Lekin el orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur bo‘lishiga sabab uning butun hayoti va faoliyati (yoshligidan boshlab) Termiz shahri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligidan, shuningdek, olim tug‘ilgan Bug‘ qishlog‘i Termiz shahriga yaqin bo‘lib, ma‘muriy-idoraviy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanligidan deb izohlash mumkin.
At-Termiziyning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Tarixchilar uning «Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u yerdan Termizga ko‘chib kelgan»[3], - degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar. Shuningdek, at-Termiziyning ko‘zi ojizligi xususida ham yozma manbalarda turli-tuman ma’lumotlar keltirilgan. Ba’zi mualliflar uni tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lgan desa, ko‘pchilik mualliflar olimning keyinchalik, umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligini yozadilar.
At-Termiziy yoshligidan o‘ta tirishqoq, idrokli va zakovatli bo‘lganligi bois o‘z tengdoshlari ichida ajralib turgan. Ilmga o‘ta qiziqishi tufayli o‘sha davrning ko‘pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallagan. Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini qunt bilan o‘rgangan, qo‘shni Balx va Hayraton shaharlaridagi ilm ahllari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilishiga munosib hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Yoshligidan ilm-fanga tashna at-Termiziy 850 yildan, ya∋ yigirma olti yoshidan boshlab uzoq yurtlarga, qator xorijiy mamlakatlar va shaharlarga safar qiladi. Jumladan, u Hijozda - Makka va Madina, Iroq, Xurosonning qator shaharlarida ko‘plab muhaddis, ulamolar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan ta’lim oladi, qizg‘in ilmiy munozara va bahslarda ishtirok etadi. Tarixchi Shamsuddin az-Zahabiyning ta’kidlashicha[4], at-Termiziy Misr va Shomni shaxsan ziyorat qilmagan, shu boisdan ham bu mamlakatlar ulamolaridan bilvosita hadislar rivoyat qilgan. Uzoq yillar davom etgan safarlari chog‘ida at-Termiziy nafaqat hadis ilmidan, balki ilm al-qiroat, al-bayon, fiqh, tarix kabi fanning boshqa sohalari hamda ko‘plab ustozlardan saboq oladi.
Shu bilan bir qatorda at-Termiziy payg‘ambar alayhissalom hadislarini to‘plashga alohida e’tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o‘zi o‘qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog‘ozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to‘g‘riligiga to‘liq ishonch hosil qilsagina maxsus qog‘ozlarga qayd etardi. Hadislarning to‘g‘riligiga shubha bo‘lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to‘g‘ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma’qul), zaiyf (
...
Читать дальше »
|
AL-HAKIM AT-TERMIZIY ASARLARI
Al-Hakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlar haqida yozgan mualliflar uning asarlarining soni haqida turli raqamlarni keltirganlar. Ba’zilarining fikriga ko‘ra uning asarlarining soni to‘rt yuztaga yaqin bo‘lsa, yana boshqalar al-Hakim at-Termiziy saksonta yoinki qirqta asar yaratganligi haqida yozganlar. Jumladan, misrlik olim shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning yozishicha, al-Hakim at-Termiziy to‘rt yuzdan ortiq asarlar yaratgan bo‘lib, ulardan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan. Eng muhimi, al-Hakim at-Termiziyning bizgacha yetib kelgan asarlari uning ilmiy merosining muhim qismini tashkil qiladi. Mana shu asarlardan eng avvalo payg‘ambar alayhissalomning hadisalariga bag‘ishlangan «Navodir al-usul fi ma’rifat axbor Rasul» («Rasululloh xabarlarini bilishda nodir usullar») nomli asarini aytish kerak. Bu asar shuningdek «Salvat al-orifiyn va bo‘ston al-muvahhadiyn» («Oriflar ovunchog‘i va Ollohning yagonaligiga ishonuvchilar bo‘stoni») nomi bilan ham ataladi. Bu asar hijriy 1294 (melodiy 1876) yilda Qustantiyniyada chop etilib, o‘zi tanlab olgan 291 hadisdan iborat ushbu kitobda al-Hakim at-Termiziy o‘z mazhabiy qarashlarini mufassal holda sharhlagan. Mazkur asarning bir qo‘lyozma nusxasi O’zbekiston musulmonlar idorasining kutubxonasida saqlanadi. Yana bir qo‘lyozmasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (№ 10842). Allomaning keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasavvufga oid ikki asarini ko‘rsatish mumkin. Ulardan biri «Kitob haqiyqat al-odamiyya» («Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob») va ikkinchisi «Adab un-nafs» («Nafs odobi») nomli asaridir. Al-Hakim at-Termiziy asarlarining aksar qismi qo‘lyozma holda jahonning yirik shaharlaridagi qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Ularni bir qadar shartli ravishda besh guruhga (majmuaga) bo‘lish mumkin. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Stambul va London kabi shaharlardagi qo‘lyozmalar jamg‘armalarida saqlanadi.
Parij Milliy kutubxonasida (arab bo‘limi, 5018 raqamida) al-Hakim at-Termiziyning quyidagi o‘n ikkita asarining qo‘lyozmalari saqlanadi:
1. «Kitob us-salot va maqosiduho» («Namoz va uning maqsadlari»).
2. «Kitob ul-hajj va asrorihi» («Haj va uning sirlari»).
3. «Kitob ul-ihtiyotot» («Ehtiyotkorlik yo‘llari»).
4. «Kitob ul-jumal al-lozim ma’rifatiho» («Bilish lozim bo‘lgan jumlalar»).
5. «Kitob ul-furuq va man’ ut-taroduf» («Farqlar va taroduf (ketma-ketlik)ni ma’n qilish»).
6. «Kitob Haqiyqat ul-odamiyya» («Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob»).
7. «Kitob Urs ul-muvahaddiyn» («Yakka xudoga e’tiqod qilganlarning zavqi»).
8. «Kitob ul-a’zo van nafs va yusammo kazolika g‘avr ul-umur» («A’zolar va jon yoki ishlarning mohiyati haqida kitob»).
9. «Kitob Manozil al-ibod min al-ibodati» («Bandalarning bandachilikdagi manzillari yoxud Olloxga intiluvchilarning manzillari haqida kitob»).
...
Читать дальше »
|
Al-Hakim at-Termiziy
Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy bo‘lib, tarjimai holiga oid ma’lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning o‘zining qalamiga mansub «Bad’u sha’ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan.
Uning mazkur shakldagi to‘liq ismi alloma tomonidan yozilgan «Navodir ul-usul fi ma’rifat axbor ar-rasul» («Rasululloh xabarlari haqidagi nodir usullar»), «Ilm ul-avliyo» («Valiylar (yoki avliyolar) ilmi»), «Xatm ul-avliyo» («Avliyolarning oxirgisi») va «Nazoir ul-Qur’on» («Qur’on ibratlari») kabi asarlarning nomlari yoinki muqaddima qismlarida ham aynan shu tarzda keltirilgan. Al-Hakim at-Termiziy tavallud topgan sana xususida ham yozilgan manbalar va adabiyotlarda turli yillar keltirilgan. Odatda, o‘rta asrlarga oid yozma manbalarda aksar hollarda muallifning faqat vafot etgan yili ko‘rsatilib, tavallud etgan sanasi keltirilmaydi. Jumladan, taniqli olim Hoji Xalifa o‘zining «Kashf uz-zunun» nomli mashhur asarining bir necha o‘rinlarida al-Hakim at-Termiziy vafotini hijriy 255 (melodiy 869) yil deb ko‘rsatgan. Shuningdek, allomaning Termiz shahri yaqinida joylashgan maqbarasi ustida o‘rnatilgan qabrtoshdagi bitiklarda ham uning hayoti haqida ba’zi ma’lumotlar keltirilib, vafot etgan sanasi hijriy 255 (melodiy 869) deb yozilgan. Boshqa ba’zi manbalarda ham uning mazkur sanada vafot etganligi qayd etiladi. Al-Hakim at-Termiziyning uzoq - 116 yoinki 120 yil umr ko‘rganligini e’tiborga olsak, alloma sakkizinchi asrning o‘rtalarida (taxminan 750-760 yillar oralig‘ida) tavallud topganligi ayon bo‘ladi. Ayni vaqtda ba’zi zamonaviy tadqiqotchilar uning tavalludi va vafoti haqida batamom boshqa sanalarni ko‘rsatganlar. Jumladan, al-Hakim at-Termiziyning hayoti va uning ta’limotini chuqur o‘rgangan misrlik taniqli olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka al-Hakim at-Termiziyni hijriy 205 (melodiy 820) yilda Termiz shahrida tavallud topib, uzoq umr ko‘rib, hijriy 320 (melodiy 932) yilda 112 yoshida vafot etganligi haqida yozadi. Mana shularni xulosa qilib aytish mumkinki, bu yo‘nalishda kelajakda olib boriladigan chuqur ilmiy tadqiqotlar alloma al-Hakim at-Termiziy tavalludi va vafoti sanalarini aniqlash imkonini beradi, deb o‘ylaymiz. Uning maqbarasi Termiz shahrining yaqinida Amudaryo bo‘yida joylashgan.
Termiz shahri haqidagi qimmatli ma’lumotlarni arab geograflari al-Muqaddasiy (Ahsan ut-taqosim fi ma’rifat al-aqoliym), al-Istaxriy (al-Masolik val-mamolik), al-Balazuriy-Futuh ul-buldon va boshqa qator mualliflarning asarlarida uchratamiz. Mazkur manbalarda ta’kidlanishicha, al-Hakim at-Termiziy tug‘ilgan Termiz shahri ham IX asrda Movarounnahrning eng yirik va obod shaharlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan. Shaharda islomiy ilm va madaniyat yuksak darajada taraqqiy etgan. Ilm-fanning turli sohalari, jumladan, islomiy ilmlar bo‘yicha Termiz shahridan yetishib chiqqan ko‘plab allomalar at-Termiziy nisbasi bilan butun dunyoda mashhur bo‘lganlar. Jahoniy ehtiromga sazovor bo‘lgan termizlik buyuk siymolardan biri al-Hakim at-Termiziydir. Afsuski, al-Hakim at-Termiziyning bolalik va yoshlik yillari haqida manbalarda aniq ma’lumotlar uchratmadik. Uning ota-onasi haqidagi ba’zi xabarlardan ma’lum bo‘lishicha, uning otasi Ali ibn al-Hasan o‘z davrida hadis ilmining ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan. Arab tarixchisi al-Xatib al-Bag‘dodiy o‘zining mashhur «Tarixi Bag‘dod» («Bag‘dod tarixi») nomli asarida yozishicha, u musulmon olamining eng yirik markazlaridan sanalgan Bag‘dod sh
...
Читать дальше »
|
Hazrati Usmon mushafi qayerdan keltirilgan?
 |
Ҳазрати Усмон ибн Аффон (розийаляоҳу анҳу) даврида кўчирилган Қуръони карим нусхаси (Мусҳафи Усмон)нинг юртимизга келиб қолиши ҳақида турли тахмин-фаразлар ва далиллар мавжуд. Атоқли олим шайх Исмоил Махдум Сотти Охунд Намангоний Тошкентдаги Усмон Мусҳафининг тарихи ” асарида Мусҳафнинг Мовароуннаҳрга келтирилиши хусусида бир неча мулоҳазаларини билдирганлар. Тарихчи олим Ҳамид Зиёевнинг эътиборингизга ҳавола этилаётган мақоласи бу мавзуга бир ойдинлик киритади, деган умиддамиз.
XIII асрда Волга бўйларида ташкил топган ва ривожланган қудратли Олтин Ўрда давлатининг мўғул ҳукмдорлари бирин-кетин Ислом динини қабул қилганлар. Улар вақт ўтиши билан турклашиб, динимизни ривожлантириб бордилар. Улардан биринчи бўлиб Беркахон (1257 — 1266) мусулмон бўлган эди. Ҳатто у Бухорода бўлиб, таниқли дин пешволари билан суҳбатлашган. Беркахон ҳукмдорлик қилган вақтдан бошлаб, динимиз равнақи айрим хорижий мамлакатлар диққатини жалб этди. Хусусан, Олтин Ўрда давлати ташкил топган минтақадан Мисрга бориб, ҳокимиятни қўлга олган қипчоқлар (мамлуклар) ўз она юртларида динимизнинг юксалишини зўр қизиқиш ва мамнуният билан қарши олдилар. Натижада Беркахон билан Миср подшоҳи Байбарс ўртасида элчилик ва дўстлик алоқалари шаклланди. Мамлуклар асл ватанларини қўмсаб, унинг равнақи учун имкони борича ёрдам бериш мақсадида Олтин Ўрда билан яқин алоқалар ўрнатишган. Байбарснинг элчи орқали Беркахонга юборган совғалари ҳам шундан далолат беради. Булар қуйидагилар эди: «Халифа Усмон (розийаллоҳу анҳу) кўрсатмасига кўра жамланган муқаддас Қуръон, ранг-баранг ёстиқлар, масжид гиламлари, Венеция матолари ва Ливан либослари, теридан ишланган илгичли ва хом теридан ишланган гиламлар, нақшли калжур қиличлари, олтин суви берилган гурзилар, франк дубулғалари, катта шамдонлар, Хоразм эгарлари, жойнамозлар, юганчалар — буларнинг ҳаммасига олтин ва кумушдан нақш чекилган, ҳалқали ёйлар, тош ёйлар, нефт солиб отиладиган ёйлар, қамиш ва ёғоч найзалар; сандиқларга солинган ёй ўқлари, қозонлар, олтин ва кумуш занжирли чироқлар, қоратанли малайлар ва оқсоч ошпазлар, учқур араб отлари ва Нубия туялари, тезюрар уй ҳайвонлари, маймунлар, тўтиқушлар ва бошқа турли буюмлар бор эди. Шунингдек, узунбўйин (жирафа), Миср эшаклари, Хитой кўзалари, Искандария кийимлари ҳам совғага қўшиб юборилган».
Кўриниб турибдики, Миср подшоҳи, қандай бўлмасин, Беркахонни ўзига жалб этиш учун ниҳоятда қимматли, нодир нарсаларни юборган. Ҳатто Қуръони каримнинг асл нусхасини ҳам аямаган. Мана, ўша вақтдан буён кўп асрлар ўтди, лекин унинг қаердалиги ҳақида ҳеч гап йўқ. Менинг фикримча, Амир Темур Тўхтамишни мағлубиятга учратиб, пойтахтни эгаллаганидан кейин, ўша Қуръонни қўлга киритиб, Самарқандга олиб келган. Бунга далолат шундан иборатки, Соҳибқирон Қуръони каримни Мисрдан ҳам, Туркиядан ҳам олмаган. Шу боисдан ҳам Қуръон бу ерларда (яъни, Миср ва Туркияда. — Таҳр.) ҳамон сақланмоқда.
Ҳозирда унинг олти нусхасидан бештаси мавжуд, биттаси эса Мадинада масжидга ўт тушганида куйган экан. Мусҳафлар сонига қараб ҳисобланса ҳам Амир Темур уни Олтин Ўрдадан олгани маълум бўлади. Зеро, унинг иккитаси Мадина ва Маккада, иккитаси Миср ва Туркияда. Бешинчиси бизнинг юртимизда сақланмоқда. Шубҳасиз, Ҳазрати Усмон Мусҳафи тарихини ўрганиш шу билан узил-кесил ҳал этилди, дейиш қийин. У ўз тадқиқотчиларини ҳамон кутм
...
Читать дальше »
|
|