Онлайн фильмы

Смотреть фильмы онлайн сегодня не только удобно, но и практично. Конечно же, просмотр киноновинки дома врядли сможет заменить вам поход с любимой девушкой или друзьями в кинотеатр, однако позволит сэкономить на стоимости билета и при этом смотреть фильмы в неограниченном количестве. Сегодня мировой кинематограф фактически ежедневно радует любителей кинематографа киноновинками. Пересмотреть все киноновинки посещая кинотеатр, у вас не хватит ни времени, ни денег. Да это и не нужно делать, ведь порой, реклама фильма у его создателей получается лучше, чем сам фильм. К тому же фильмы интересные одной аудитории, совершенно не интересны другой части зрительской аудитории, и порой по названию и описанию фильма не всегда можно определить будет ли этот фильм интересно смотреть или нет.
Главная » 2014 » Апрель » 29 » AL-HAKIM AT-TERMIZIY ASARLARI
12:58
AL-HAKIM AT-TERMIZIY ASARLARI

AL-HAKIM AT-TERMIZIY ASARLARI

Al-Hakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlar haqida yozgan mualliflar uning asarlarining soni haqida turli raqamlarni keltirganlar. Ba’zilarining fikriga ko‘ra uning asarlarining soni to‘rt yuztaga yaqin bo‘lsa, yana boshqalar al-Hakim at-Termiziy saksonta yoinki qirqta asar yaratganligi haqida yozganlar. Jumladan, misrlik olim shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning yozishicha, al-Hakim at-Termiziy to‘rt yuzdan ortiq asarlar yaratgan bo‘lib, ulardan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan. Eng muhimi, al-Hakim at-Termiziyning bizgacha yetib kelgan asarlari uning ilmiy merosining muhim qismini tashkil qiladi. Mana shu asarlardan eng avvalo payg‘ambar alayhissalomning hadisalariga bag‘ishlangan «Navodir al-usul fi ma’rifat axbor Rasul» («Rasululloh xabarlarini bilishda nodir usullar») nomli asarini aytish kerak. Bu asar shuningdek «Salvat al-orifiyn va bo‘ston al-muvahhadiyn» («Oriflar ovunchog‘i va Ollohning yagonaligiga ishonuvchilar bo‘stoni») nomi bilan ham ataladi. Bu asar hijriy 1294 (melodiy 1876) yilda Qustantiyniyada chop etilib, o‘zi tanlab olgan 291 hadisdan iborat ushbu kitobda al-Hakim at-Termiziy o‘z mazhabiy qarashlarini mufassal holda sharhlagan. Mazkur asarning bir qo‘lyozma nusxasi O’zbekiston musulmonlar idorasining kutubxonasida saqlanadi. Yana bir qo‘lyozmasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (№ 10842). Allomaning keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasavvufga oid ikki asarini ko‘rsatish mumkin. Ulardan biri «Kitob haqiyqat al-odamiyya» («Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob») va ikkinchisi «Adab un-nafs» («Nafs odobi») nomli asaridir. Al-Hakim at-Termiziy asarlarining aksar qismi qo‘lyozma holda jahonning yirik shaharlaridagi qo‘lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Ularni bir qadar shartli ravishda besh guruhga (majmuaga) bo‘lish mumkin. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Stambul va London kabi shaharlardagi qo‘lyozmalar jamg‘armalarida saqlanadi.

Parij Milliy kutubxonasida (arab bo‘limi, 5018 raqamida) al-Hakim at-Termiziyning quyidagi o‘n ikkita asarining qo‘lyozmalari saqlanadi:

1. «Kitob us-salot va maqosiduho» («Namoz va uning maqsadlari»).

2. «Kitob ul-hajj va asrorihi» («Haj va uning sirlari»).

3. «Kitob ul-ihtiyotot» («Ehtiyotkorlik yo‘llari»).

4. «Kitob ul-jumal al-lozim ma’rifatiho» («Bilish lozim bo‘lgan jumlalar»).

5. «Kitob ul-furuq va man’ ut-taroduf» («Farqlar va taroduf (ketma-ketlik)ni ma’n qilish»).

6. «Kitob Haqiyqat ul-odamiyya» («Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob»).

7. «Kitob Urs ul-muvahaddiyn» («Yakka xudoga e’tiqod qilganlarning zavqi»).

8. «Kitob ul-a’zo van nafs va yusammo kazolika g‘avr ul-umur» («A’zolar va jon yoki ishlarning mohiyati haqida kitob»).

9. «Kitob Manozil al-ibod min al-ibodati» («Bandalarning bandachilikdagi manzillari yoxud Olloxga intiluvchilarning manzillari haqida kitob»).

10. «Kitob ul-aql val-havo» («Aql va havoyilik haqida kitob»).

11. «Kitob ul-Amsol min al-Kitob vas sunnat» («Qur’on va sunnatdagi masallar kitobi»).

12. «Kitob al-manohiy» («Raddiyalar haqida kitob»).

Damashq (Az-Zohiriya kutubxonasi, Tasavvuf 104 raqamida) majmuasi ikki kitob va beshta risoladan iborat. Ulardan biri Kitob ar-Riyazat yoinki «Kitob Haqiyqat ul-Odamiyya» («Riyazat yoki Insoniyat haqiqati to‘g‘risidagi kitob»). Uning qo‘lyozmasi, yuqorida zikr qilganimizdek, Parij majmuasida ham, shuningdek, Stambul majmuasida ham mavjud. Ammo ikkinchi qo‘lyozma «Kitob ul-Akyos val-mug‘tariyn» («Ziyraklar va aldanganlar haqida kitob») nomli bo‘lib ushbu asarning yagona qo‘lyozmasi hisoblanadi. Bu asar al-Hakim at-Termiziyning e’tiqodiy qarashlarini anglashda muhim ahamiyatga egadir. Ammo ushbu majmuaga kiradigan risolalardan quyidagi uchta risolani ko‘rsatish mumkin:

1. «Javob Kitob Usmon bin Sa’yid min ar-Ray» («Raylik Usmon bin Sa’iydning maktubiga javob»).

2. «Bayon ul-Kasb» (Kasb-hunarning bayoni).

3. «Masoil suila anho» («Savol berilib so‘ralgan masalalar»).

Misr Arab Respublikasining yirik shaharlaridan biri Iskandariyya (Maktabat al-Baladiyya, 3585 j) majmuasida al-Hakim at-Termiziyning uchta risolasi saqlanadi:

1. Al-Masoil al-maknuna («Yashirilgan masalalar»).

2. Tahsiyl nazoir al-Qur’on («Qur’on ibratlarini o‘rganish»).

3. Kitob Radd a’lol-Muattila («Al-Muattiliylarga raddiya kitobi»).

Al-Iskandariyya majmuasida mavjud ushbu risolalarga yana allomaning «Kitob ul-Furuq» («Farqlar haqidagi kitobi»)ni (Maktabat al-Baladiyya, 3585 j) ham qo‘shish mumkin. Mazkur asarning bir nusxasi, avvalroq zikr qilganimizdek, Parij majmuasi tarkibida saqlanadi.

Al-Hakim at-Termiziyning London majmuasiga kirgan asarlari quyidagilardan iborat bo‘lib, ular asosan alloma Shestarbiti tasarrufidagi asarlardir:

1. «Kitob ur-riyozati» («Riyozat haqidagi kitob»). Ushbu asarning boshqa nusxalari Parij, Damashq va Stambul majmualarida ham saqlanadi.

2. «Muxtarot min kitob as-Safo» («Kitob us-Safo asaridan tanlab olingan qismlar»).

3. Bir risola (nomi ko‘rsatilmagan).

4. «Adab un-nafs» («Insonning odobi»).

5. «Masalat ul-iymon va islom val ihson» («Iymon, islom va ehson masalalari»).

Qohiradagi «Dor ul-kutub al-ilmiyya»da saqlanadigan qo‘lyozma al-Hakim at-Termiziyning «Ilal al-Ubudiyya» yoinki «Ilal ash-shariy’a» («Shariy’at dalillari») nomli asarining nusxasi bo‘lib, aslida bu risola allomaning «Kitob us-Salot» («Namoz haqidagi kitob») asarining qisqartirilgan shaklidir.

Leyptsig majmuasida saqlanadigan atigi yagona kitob al-Hakim at-Termiziyning «Ad-Dur al-maknun» («Bekitilgan marvarid») asari bo‘lib, u hayotda yuz bergan va yuz berishi ehtimoli bo‘lgan voqealarga bog‘liq hadislar majmuasidan iborat.

Stambul shahridagi Ayo-so‘fiyo kutubxonasida mavjud qo‘lyozma nusxa allomaning «Kitob al-Furuq» asarining qo‘lyozmasi bo‘lib, bu asarning boshqa nusxalari Parij va al-Iskandariyya shaharlaridagi majmualarda saqlanishi haqida avvalroq aytib o‘tildi.

Alloma al-Hakim at-Termiziyning bizgacha yetib kelgan asarlaridan biri «Xatm ul-avliyo» (bu asar ba’zi manbalarda, xususan, al-Hujvuriyning «Kashf ul-mahjub» nomli asarida «Xatm ul-valoyat» shaklida keltirilgan) bo‘lib, unda tasavvuf tarixida birinchi marotaba «valoyat-valiylik» nazariyasiga va buning asosida «al-hakimiya» maktabiga asos solingan. Ushbu asarda keltirilgan fikr-mulohazalar Termiz ahlining ba’zi kismlari o‘rtasida keskin e’tirozga ham sabab bo‘lib, natijada al-Hakim at-Termiziy ona shahri Termizdan badarg‘a qilinib, bir qancha muddat Balxda ham yashagan. Uzoq yillar davomida yo‘qolgan kitoblardan hisoblangan «Xatm ul-avliyo» 1965 yili Livanning poytaxti Bayrutda Parij ilmiy tadqiqotlar markazi islomiy madaniyat bo‘limining a’zosi Usmon Ismoil Yahyo tomonidan nashr etildi. Valiylikning haqqoniyligi, shuningdek, uning nubuvvat va risolat bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlari «Xatm ul-avliyo» kitobining bosh mavzusi hisoblanadi. Muqaddima va 29 faslda murid va shayx o‘rtasida bo‘lib o‘tgan savol-javob tarzida ta’lif etilgan bu asarning tuzilishi quyidagicha:

Muqaddima. Bu qismda muallif «valoyat maqomi» tushunchasidan iztirobga tushgan kishilarga javob yozgan.

Birshchi fasl: Haqqulloh valiyligi.

Ikkinchi fasl: Xudoning da’vati va bandaning ijobati.

Uchinchi fasl: Haqqulloh valiyligi va valiyulloh.

To‘rtinchi fasl: Ruhoniy savollar. Bu faslda muallif 157 ta savolga (bundan 34 tasi bevosita valoyat masalasiga, qolgani esa Qur’on tafsiri, Hadislar va diniy masalalarga doir) javob beradi. Ibn al-Arabiy «Javob ul-mustaqim» va «Al-Futuhot al-Makkiyya» kitoblarida ehtimol al-Hakim at-Termiziyning «Xatm ul-avliyo» kitobining matnidan xabardor bo‘lmagan holda, o‘zining irfoniy maktabi nuqtai-nazaridan bu 157 savolga (152-153 savollar bundan mustasno) javob yozgan. Al-Hakim at-Termiziy «Xatm ul-avliyo» kitobining turli fasllarida bu savollarning qariyb barchasiga javob topgan.

Beshinchi fasl: Avliyo va nabiylik ilmi.

Oltinchi fasl: Valiyulloh.

Yettinchi fasl: Valoyat va avliyolikning o‘nta xususiyati.

Sakkizinchi fasl: Hotam ul-avliyo va hotam ul-anbiyo.

To‘qqizinchi fasl: Nubuvvat va valoyat.

O’ninchi fasl: Avliyo alomati.

O’n birinchi fasl: Shaytoniy xavotirlar va nasxi ilohiy.

Un ikkinchi fasl: Muqarriblar (Ahl ul-qurba).

Un uchinchi fasl: Hotam ul-avliyo.

Un to‘rtinchi fasl: Bashorat.

Un beshinchi fasl: Qur’on va ruh.

Un oltinchi fasl: Mo‘‘minlar va avliyo.

O’n yettinchi fasl: Valoyat va nubuvvat o‘rtasidagi ahd-paymon.

O’n sakkizinchi fasl: Avliyo ahvolini inkor etuvchilar.

O’n to‘qqizinchi fasl: Valoyat, saodat, muhabbat.

Yigirmanchi fasl: Valiy va guvoh.

Yigirma birinchi fasl: Valiy va ilohiy asror.

Yigirma ikkinchi fasl: Hidoyat etilgan va tanlangan insonlar.

Yigirma uchinchi fasl: Jazaba va zamon.

Yigirma to‘rtinchi fasl: Majzub.

Yigirma beshinchi fasl: Hotam ul-avliyo va xatm ul-valoyat ma’nosi.

Yigirma oltinchi fasl: Soxta avliyo.

Yigirma yettinchi fasl: Xayr davlati va sharr (yomonlik) davlati.

Yigirma sakkizinchi fasl: Dindorlar.

Yigirma to‘qqizinchi fasl: Amallar va darajalar.

Bu kitob valoyat masalasini birinchi marotaba mukammal bir nazariya va ajoyib maqolalar turkumi shaklida tasavvufga taqdim etishi bilan alohida ahamiyatga molik. U, aytish mumkinki, tasavvuf tarixida «hakimiy»lar deb atalmish bir guruh mashhur so‘fiylar, xususan, Termiz va Balx atrofida shakllangan tasavvuf ahli uchun ma’naviy vasiyatnoma yoxud ta’lim dasturi sifatida xizmat qilgan. Bu asarning ovozasi o‘sha davr islom olamiga, Misru Tunisdan, Eronu Movarounnahrgacha, Halabu Shomdan Kichik Osiyogacha yetgan edi.

Yuqorida zikr etilgan asarlar al-Hakim at-Ter-miziyning bizgacha yetib kelgan asarlarining mavjud qo‘lyozmalari hisoblanadi. Lekin allomaning nomlari tarixiy, yoinki bibliografik tarzda saqlanib qol-gan, lekin bizgacha yetib kelmagan asarlari ham borki, ular haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirish maqsadga muvofiqdir. Al-Hakim at-Termiziyning hozirgi dav-rimizgacha yetib kelmagan deb hisoblangan muhim asar-laridan biri «Xatm ul-avliyo» asari haqida yuqorida zikr qildik. Bu asar islom olamining taniqli fay-lasufi va mutasavvufi, alloma Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165-1240) davrigacha yetib kelgan bo‘lib, ushbu asar haqida to‘liq tasavvur beradi. Chunonchi, Ibn al-Arabiyning qalamiga mansub «Al-Futuhot al-Mak-kiyya» («Makka fathlari») nomli kitobidagi bir yuzu ellik besh savolga al-Hakim at-Termiziyning maz-kur asariga tayangan holda javoblar berilgan. Shunin-gdek, Ibn al-Arabiy «Sharh ul-masoil ar-ruhoniyya allatiy suila a’nho al-Hakim at-Termiziy» («Al-Hakim at-Termiziydan so‘ralgan ruhiy masalalarning sharhi») nomli maxsus asar ham yaratgan.

Shuningdek, Ibn al-Arabiy bir yuzu ellik uch savolga javobni o‘zida mujassam qilgan boshqa bir asar ham yaratgan. Mazkur asarning nusxasi Misr Arab Respublikasining al-Iskandariyya shahridagi «Maktabat al-baladiyya» kutubxonasida (3467 j raqami ostida) saqlanadi. Bu xabarlardan ma’lum bo‘layotirki, buyuk alloma Ibn al-Arabiy termizlik donishmand al-Hakim at-Termiziyning asarlari va ta’limotiga alohida e’tibor bilan qaragan va uning o‘ziga xos boy ilmiy-ma’naviy merosining keyingi avlodlarga yetib kelishida beqiyos ishlarni amalga oshirgan. Ayni vaqtda al-Hakim at-Termiziyning bizgacha yetib kelmagan boshqa ayrim asarlariga o‘sha davrda yozilgan ba’zi sharhlarning mavjudligi haqidagi ma’lumotlar allomaning hayoti va ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganuvchilar uchun g‘oyatda muhimligi shubhasizdir.

Al-Hakim at-Termiziyning bizgacha yetib kelmay yo‘qolib ketgan asarlaridan biri uning «Kitob ul-o‘‘lum» («Ilmlar haqidagi kitob») bo‘lishi kerak. Al-Hakim at-Termiziyning e’tiqodiy fikr-mulohazalari ayniqsa uning bilish («al-ma’rifa») nazariyasiga oid qarashlarini anglashimizda alloma asarining ahamiyati beqiyos bo‘lishi kerak edi. Chunonchi, bu haqda al-Hakim at-Termiziy o‘zining «Kitob ul-akyos val-mug‘tariyn» nomli asarida (15-bet) zikr qilgan. Ayni shu «Kitob ul-akyos val-mug‘tariyn» nomli asarida al-Hakim at-Termiziy bizgacha yetib kelmagan boshqa bir asari - «Kitob ud-du’ot va sidqihum va ahvolihum» («Islomga da’vat qiluvchilar, ular sidqidilligi va ahvollari haqida kitob») haqida ham ba’zi ma’lumotlarni keltirgan. Shuningdek, o‘zining «al-Masoil al-maknuna» nomli asarida bizgacha yetib kelmagan tasniflaridan «Kitob ul-Irodat» («Marg‘ub ishlar haqida kitob»), «Adab un-nafs» nomli mashhur asarida «Sifat al-qulub va ahvoliho» («Qalblar xususiyati va ular holatlari») nomli asari haqida zikr qilib o‘tgan.

XI asrda yashab o‘tgan tasavvuf ilmining yirik namoyandalaridan biri Abul Hasan al-Hujviriy (u 1072 yoki 1076 yilda vafot etgan)ning fikricha, al-Hakim at-Termiziyning yana quyidagi asarlari bizgacha yetib kelmagan:

1. «Odob ul-muriydiyn» («Muridlar odobi»).

2. «Kitob ut-Tavhiyd» («Ollohning yagonaligi haqidagi kitob»).

3. «Azob ul-qabr» («Kabr azobi»).

4. «At-Tafsir» («Qur’on tafsiri»).

5. «Kitob ul-Nahj» («Yo‘l-yo‘riqlar kitobi»).

6. «Kitob ul-mashoyix av at-tabaqot as-sufiyya» («Mashoyixlar yoinki sufiylar tabaqalari haqidagi kitob»).

Al-Hakim at-Termiziyning o‘zi ham «Javob kitob Usmon ibn Sa’iyd min ar-Ray» nomli asarida «Kitob ul-mashoyix» risolasi haqida «Kitob siyar al-avliyo» («Avliyolar siyratlari haqida kitob») nomi bilan eslatib o‘tgan. Mazkur asarlar al-Hakim at-Termiziyning bizga ma’lum bo‘lgan ilmiy-ma’naviy merosini tashkil qiladi. Mana shu boy va rang-barang mazmundagi merosga zohiran nazar tashlashning o‘ziyoq, al-Hakim at-Termiziy ilmiy-ma’naviy ummonining g‘oyatda cheksizligi, uning tafakkur olamining keng qamrovli va benihoya chuqurligidan dalolat beradi. Ayni vaqtda, masalaning murakkabligi shundaki, al-Hakim at-Termiziyning o‘zini ham, uning asarlarini ham alloma yashagan davrdagi biron-bir ilmiy faoliyat bilan bog‘liq holda yoki qiyosiy tadqiq qilish orqali baholay olmaymiz. Binobarin, uning xilma-xil mavzularda yozilgan asarlarining umumiy yo‘nalishini ham, ularga asos bo‘lgan manbalarni aniqlashda ham muayyan qiyinchiliklar tug‘ilishi tabiiydir.

Al-Hakim at-Termiziy asarlarining ta’lif etilish yillari haqida ham aynan shu muammoga duch kelamiz. Chunonchi, muallif ham, uning haqida yozgan olimlar ham alloma asarlarining yozilgan yillarini ko‘rsatmaganlar. Shu bilan birga alloma ijodini o‘rganish jarayonida bu borada ham ba’zi taxminlarni qilish mumkin. Jumladan, al-Hakim at-Termiziy yozgan dastlabki asari «Navodir ul-usul fi ma’rifat axbor Rasul» asari bo‘lsa kerak. Mavzularining xilma-xilligi, ko‘tarilgan masalalar adadining ko‘pligi, hajmining ulkanligiga qaramasdan bu asarida muallif boshqa birorta asarini tilga ham olmagan, birortasiga ishorat ham qilmagan. Vaholanki, muallif aksar asarlarida «Navodir ul-usul»ga ishorat qilganki, demak, o‘sha asarlar undan keyin yozilgan.

Al-Hakim at-Termiziy asarlaridan alloma umrining oxirlarida yozilgan tasniflari jumlasiga «Kitob ul-akyos val-mug‘tariyn» va «Kitob ul-furuq» kabilarni ham kiritish mumkin. Chunonchi, ushbu asarlarda muallifning boshqa bir qancha asarlari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Al-Hakim at-Termiziy asarlarining mazmun-mohiyatiga binoan ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin. Bir turkum asarlari alloma tomonidan ilm toliblariga o‘qilgan ma’ruzalar, matnlar shaklida bo‘lsa, boshqa bir turkum risolalarni alloma turli-tuman munosabatlarga bag‘ishlab, yoinki undan savol tarzida so‘ralgan masalalarga javob, o‘ziga bildirilgan e’tirozlarga raddiya, yohud biron murakkab, chigal masalaning bayoni yoinki do‘stu-birodarlariga yo‘llangan maktublar tashkil qilgan. Shu boisdan ham bu turkumga kirgan risolalar al-Hakim at-Termiziyning butun umri davomidagi ilmiy-ijodiy faoliyatining o‘sishi bilan tadrijiy ravishda, bosqichma-bosqich takomillashib borgan deyish mumkin. Uning asarlari mazmuni va xususiyatlariga qarab ularni alloma yashagan davrdagi ilm-fanning biror sohasiga mansub etish ham qiyin. Binobarin, uning asarlarini to‘lig‘icha na tasavvufiy asarlar jumlasiga, yoinki na hadis ilmlari jumlasiga, na falsafiy asarlar jumlasiga yoki bo‘lmasa kalom yoki fiqh ilmlari jumlasiga mansub etib bo‘lmaydi. Mana shu o‘rinda alloma al-Hakim at-Termiziy ilmiy faoliyatini baholashda o‘ta bir nozik qirra ochilayotganga o‘xshaydi. Gap shundaki, allomaning ilmiy-ijodiy faoliyatini o‘rgangan qator tadqiqotchilar ham ta’kidlaganlaridek, al-Hakim at-Termiziy asarlar ta’lif va tasnif etishda o‘z davrida mavjud bo‘lgan yo‘ldan yurmadi, balki u o‘z diniy qarashlari va tasavvurlaridan kelib chiqib, o‘ziga xos bo‘lgan alohida yo‘lni tanladi. Al-Hakim at-Termiziy tanlagan bu yo‘l (ba’zi arab olimlari bu yo‘lni hatto «mazhab» deb ham yozganlar) o‘sha davrda bepoyon o‘lkalargacha borib tarqalgan. Bu davrda, afsuski, dinning asl mohiyatini buzuvchi toifalar ko‘paydi, shu bois islom dinining haqiqiy, asl mohiyatini to‘g‘ri talqin qilish jamiyat uchun g‘oyatda muhim edi. Al-Hakim at-Termiziy tanlagan bu yo‘lning uchta yo‘nalishi bo‘lib, ular qanday e’tiqodga mansub bo‘lishidan qati nazar faqat jamiyat manfaatlariga, insonning ma’naviy kamolotiga xizmat qilishi bilan umumbashariy ahamiyat kasb etgan edi. Al-Hakim at-Termiziy ta’limoti quyidagi uch yo‘nalishdan iborat:

1. Ibodat yoki marosim (arabcha at-tuqus) yoinki shariy’at yo‘nalishi.

2. Tasavvuf yo‘nalishi.

3. E’tiqod yo‘nalishi.

Mana shu yo‘nalishlar haqida o‘z fikrini biddirganda al-Hakim at-Termiziy ishlatgan iboralar va istilohlar aynan shunday atalmasa-da, lekin shularga yaqin atamalarni qo‘llagan. Masalan, muallif «Kitob ul-akyos val-mug‘tariyn» nomli asarida, jumladan, shunday deb yozadi: «Alloh taoloning dini uchta arkonga asoslangan bo‘lib, ular al-Haqq (Haqiqat), al-Adl (Adolat) va as-Sidq (Halollik)»dir. Chunonchi, Haqiqat inson jismi a’zolari, Adolat yurak, Halollik akl-idrok bilan bog‘liqdir». Mana shu uchta yo‘nalishni al-Hakim at-Termiziy mukammal holda tasavvur qilib va shularga tayanib o‘z ta’limotini shakllantirdi va aynan shu tamoyillar asosida o‘z asarlarini yaratdi. Shu bilan bir qatorda, uning asarlarining xarakterli tomoni shunda ediki, zarurat tufayli turli toifalarga bag‘ishlab yozilgan asarlarida aynan shu toifalarga xos siyg‘alar to‘liq ravishda o‘z ifodasini topardi. U o‘z asarlaridagi g‘oyalarni turli ijtimoiy guruhlarga mansub musulmonlar, ular oddiy xalq vakillarimi yoinki hadis olimlariyu ulamolaridanmi, bundan qat’i nazar, o‘z ta’limotlarining barcha mo‘min-musulmonlar orasida keng ko‘lamda tarqalishiga alohida e’tibor berardi. Binobarin, jamiyat muayyan ehtiyojlaridan kelib chiqib uning asarlari xilma-xil uslub va yo‘nalishda yaratilganligini ko‘ramiz. Ayni vaqtda u o‘z ta’limotining (mazhabining) yangiligini ham bilardi va shu bois o‘sha davr ilmiy doiralari miqyosida o‘ziga xos o‘rinni egallab, shu paytdagi bilish (al-ma’rifa) nazariyalari o‘rtasida o‘z maqomiga ega bo‘lishga alohida e’tibor bilan qaradi. Shunga ko‘ra o‘z qalamiga mansub asarlarning aksar qismiga yozgan muqaddimasida bilish nazariyasi va turli ilmlar haqida jiddiy tarzdagi g‘oyalarni ilgari surgan. Mana shu tarzdagi aksar muqaddimalarni muallif umrining oxirlarida o‘z ta’limotini himoya qilib yozgan risolalarda uchratamiz.

Yuqorida bildirilgan fikrlarga xulosa qilib, al-Hakim at-Termiziy yozgan asarlarni to‘rt asosiy bobga ajratish mumkin. Bu taqsimlash muayyan darajada shartli bo‘lib, u al-Hakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlarning hammasini qamrab ololmaydi, albatta. Shuningdek, bu boblarga al-Hakim at-Termiziyning o‘z do‘stu-birodarlari so‘ragan savollarga javob tarzidagi kundaliklari (al-yavmiyyot), u tashkil kilgan ilmiy majlislardagi ma’ruzalari va so‘zlari kirmagan, garchand ba’zi hollarda bu tarzdagi kundaliklar muallif ta’limoti va qarashlarini yorqin ifodalagan bo‘lsa-da.

Al-Hakim at-Termiziy asarlarini mavzu jihatidan tasnif etib, quyidagi besh majmuaga bo‘lish mumkin:

Birinchi majmua:

A - Ma’rifat (bilish) va ilmlarga oid asarlar:

1. Kitob ul-u’lum.

2. Kitob ud-duo’ot va sidqihum va ahvolihum.

3. Kitob ul-akyos val-mug‘tariyn.

4. Kitob ul-furuq va man’ at-taroduf.

5. Kitob us-salot va maqosidiho.

6. Kitob tahsiyl nazoir al-Qur’on.

B - Shariy’atga oid asarlar:

1. Ilal ush-shariy’at av al-ubudiyyat.

2. Kitob us-salot va maqosidiho.

3. Kitob ul-hajj va asrorihu.

V - Tasavvuf va odob-axloqqa oid asarlar:

1. Al-Aql val havo.

2. Manozil ul-ibod min al-ibodati.

3. Haqiyqat ul-odamiyyat av ar-riyozat.

4. Adab un-nafs.

G - Inson tabiati yoxud oliy hikmat yoxud botiniy ashyolar haqida:

1. Kitob xatm ul-viloyat.

2. Kitob ul-a’zo van nafs yoinki g‘avr ul-umur.

3. Kitob urs al-muvahiddiyn.

Ikkinchi majmua:

Bu yo‘nalishda muallif muhaddislar yo‘lini tutgan.

A - Shariy’at va al-adab (urf-odatlar):

1. Kitob ul-manhiyot.

2. Kitob ul-ihtiyotot.

3. Kitob ul-jumal al-lozim ma’rifatiho.

B - Bayonnomalar (an-nusus):

1. Kitob azob al-qabr.

2. Ad-Durr ul-maknun fi as’ilati mo kona va mo yakunu.

V - E’tiqodga oid asarlar:

1. Kitob ut-tavhiyd.

2. Kitob ur-radd a’lol mu’attila.

Uchinchi majmua:

So‘fiylar va muridlar uchun yozgan asarlari:

1. Kitob odob ul-muriydiyn.

2. Kitob ul-a’zoi van nafs av g‘avr ul-umur.

3. Tarix ul-mashoyix av sayr ul-avliyo.

To‘rtinchi majmua:

O’z ta’limotini yaratishda sunnatlardan foydalanib muhaddislar uslubini qo‘llagan asarlari:

1. Kitob Navodir ul-usul fi ma’rifat axbor ar-Rasul.

2. Kitob ul-amsol min al-Kitob vas Sunnati.

Beshinchi majmua:

Har xil munosabatlar tufayli yozgan asarlari:

1. Kitob ul-masoil al-maknuna.

2. Masoil su’ila anho va zikri atvibatiho.

3. Javob Kitob Usmon ibn Sa’iyd minar Rayy.

4. Bayon ul-kasbi.

Ubaydulla Uvatovning “Ikki buyuk donishmand” («Sharq» NMAK, Toshkent, 2005) kitobidan olindi.

Категория: Tarix | Просмотров: 967 | Добавил: ஜ☆DJ_Aloviddin☆ஜ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

ЖАНРЫ

УЗБЕКСКИЕ МУЗЫКА

НАШИ ПРОЕКТЫ

ФЭН-КЛУБ

ВАША РЕКЛАМА

ОПРОС
Оцените мой сайт

Всего голосов: 144
НАШИ ГРУППЫ
ТОП КОММЕНТАТОРОВ
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
CinemaUz.Net - Первый Онлайн Кинотеатр ©2013-2014.

Смотреть Узбекские фильмы | Смотреть Узбекские клипы | Смотреть Концерты | Смотреть мультики | Смотреть Боевики