Онлайн фильмы
Смотреть фильмы онлайн сегодня не только удобно, но и практично. Конечно же, просмотр киноновинки дома врядли сможет заменить вам поход с любимой девушкой или друзьями в кинотеатр, однако позволит сэкономить на стоимости билета и при этом смотреть фильмы в неограниченном количестве. Сегодня мировой кинематограф фактически ежедневно радует любителей кинематографа киноновинками. Пересмотреть все киноновинки посещая кинотеатр, у вас не хватит ни времени, ни денег. Да это и не нужно делать, ведь порой, реклама фильма у его создателей получается лучше, чем сам фильм. К тому же фильмы интересные одной аудитории, совершенно не интересны другой части зрительской аудитории, и порой по названию и описанию фильма не всегда можно определить будет ли этот фильм интересно смотреть или нет.16:26 Salaflar shuhratni yomon ko‘rishgan | |
Salaflar shuhratni yomon ko‘rishgan
Muhammad ibn Munkadir hikoya qiladi: "Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida mening ustunim bor edi. Kechalari uning oldida namoz o‘qirdim, keyin suyanib o‘tirardim. Bir yili Madina ahli yomg‘irsiz qoldi. Shunda ular Allohdan yomg‘ir so‘rab (dalaga) chiqishdi. Lekin yomg‘ir yog‘madi. O‘sha kechasi men Masjidi Nabaviyda (s.a.v.) oxirgi - xufton namozini o‘qib bo‘lib, ustunimga suyanib o‘tirgan edim. Bir payt egniga ko‘ylak kiygan, yana boshqa bir ko‘ylakni bo‘yniga tashlab olgan qop-qora odam kirib keldi. Mening ustunimning old tomoniga o‘tib ikki rakaat namoz o‘qidi-da, o‘tirdi. So‘ng dedi: "Ey Rabbim, payg‘ambaring haramidagilar yomg‘ir so‘rashdi, lekin yomg‘ir bermading. Men Sendan o‘tinaman, ularni sug‘or". Jinni bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Ammo u duodan qo‘lini qo‘ymasdan turib, osmonda momaqaldiroq ovozi eshitildi. Yomg‘ir kelayotgan edi. Uyga qaytmoqchi bo‘ldim. Yomg‘ir ovozi eshitilgach, o‘sha odam Allohga hamdlar aytdi. Shunday aytdiki, umrimda unaqasini eshitmaganman. Keyin: "Men kimmanki duoyimni ijobat qilding. Lekin men Senga hamd aytish bilan, qudrating bilan panoh so‘radim", dedi. So‘ngra namoz o‘qiy boshladi. Qiyomda uzoq turdi. Subh yaqinlashganini sezgach, sajda qildi va vitr o‘qidi. So‘ngra bomdodning ikki rakat sunnatini ado qildi. Keyin farziga jamoatga qo‘shildi. Men ham qo‘shildim. Imom salom bergach, o‘rnidan turdi. Orqasidan men ham turdim. Masjidning eshigiga yetgach, kiyimini yopinib tashqariga chiqdi va yomg‘irga "sho‘ng‘idi". Ortidan kiyimimni ko‘tarib chiqdim, tezda suv bo‘lib ketdim va uning qayoqqa ketganini bilmay qoldim. "Abu Abdulloh, xush kelibsiz. Xizmat bormi? Mahsi tikib beraymi?" deb so‘radi. "O‘tgan kecha yonimda o‘tirgan sen emasmiding?" dedim men. Uning yuzi o‘zgardi. G‘azabi keldi. "Bu bilan sizning nima ishingiz bor?" dedi. Darhol uning oldidan chiqdim. Uchinchi kechada yana namozni o‘qib ustunga suyangancha uni kutdim. Lekin kelmadi. "Inna lillahi, nima qilib qo‘ydim?!" dedim. Quyosh chiqquncha masjidda o‘tirdim. Keyin chiqib o‘sha hovliga bordim. U turgan uyning eshigi ochiq, ichida hech narsa yo‘q edi. Hovlidagilar mendan: "Kecha oralaringdan nima gap o‘tdi?" deb so‘rashdi. "Unga nima bo‘ldi?" dedim. "Siz ketganiigizdan keyin kiyimini yoyib, teri, andoza-qoliplarini soldi-da, chiqib ketdi. Qayoqqa ketdi, bilmadik?" deyishdi. Bilganim Madina hovlilarining hammasiga kirib chiqdim, lekin uni topmadim. Alloh rahmat qilsin". "Salaflar xulqi" kitobidan | |
|
Всего комментариев: 0 | |