Онлайн фильмы

Смотреть фильмы онлайн сегодня не только удобно, но и практично. Конечно же, просмотр киноновинки дома врядли сможет заменить вам поход с любимой девушкой или друзьями в кинотеатр, однако позволит сэкономить на стоимости билета и при этом смотреть фильмы в неограниченном количестве. Сегодня мировой кинематограф фактически ежедневно радует любителей кинематографа киноновинками. Пересмотреть все киноновинки посещая кинотеатр, у вас не хватит ни времени, ни денег. Да это и не нужно делать, ведь порой, реклама фильма у его создателей получается лучше, чем сам фильм. К тому же фильмы интересные одной аудитории, совершенно не интересны другой части зрительской аудитории, и порой по названию и описанию фильма не всегда можно определить будет ли этот фильм интересно смотреть или нет.
Главная » Jamiyat

O‘zbekning fe’li: Mehnatsevarlik

 

Mehnatsevarlik o‘zbekning qon-qoniga singib ketgan xayrli fazilatlardandir. Kattalarimiz uqtirishlaricha, mehnat – shodlik, rohat va baxt poydevori.
O‘zbekning mehnatsevarligi faqat tirikchilik uchun emas, u mehnatdan jismoniy zavq oladi, ruhiy zavq oladi, estetik zavq oladi. O‘zbek katta lavozimda ishlasa-da, dam olish kunlari yoniga o‘g‘lini olib, kichkinagina tomorqasiga ekin ekadi, gulzoridagi gullarni parvarishlaydi. Tushlik mahal esa o‘zing ekkan daraxt soyasida yerga ko‘rpacha solib, tomorqadan chiqqan sabzavotlardan tushlik qilib, achchiqqina ko‘k choy ichib o‘tirishga ne yetsin?
Xorijda yashaydigan o‘zbek do‘stim kuyinib aytib qoldi: «Bu yerdagilarga hayronman. Hech ishlagisi kelmaydi. Xotini bilan ham jo‘rtaga ajrashib oladi-da, davlatdan ishsizlik, bola, ajrashganlik nafaqalarini olib, kafema-kafe gamburger yeb, pivo ichib yuraveradi. Shuning uchun ham hammasi semirib ketgan…»
O‘zbek esa hech qachon halol mehnatdan qochmagan. O‘zbek uchun o‘zi ishlab topgan bir burda non o‘zganing to‘kin ziyofatidan afzal. U faqatgina mehnat ortidan keluvchi boylikni qadrlaydi, qora ter evaziga barpo bo‘lgan turmushni chiroyli deb biladi.
Qadim zamonda bir kambag‘al deh­qon o‘tgan ekan. Uning hovlisida bir tup toki bor ekan, shu tokdan olgan hosilni sotib qishin-yozin tirikchilik qilar ekan. Bir kun dehqon betob bo‘lib yotib qolibdi. Shunda u yolg‘iz o‘g‘lini yoniga chaqirib bunday debdi:
— O‘g‘lim, mening kunim bitganga o‘xshaydi. Senga aytadigan bir gapim bor. Shuni qulog‘ingga isirg‘a qilib taqib ol. Gapim shuki, toklarimizning orasiga ikki xum tilla ko‘milgan. Shu tillani yilda ikki marotaba — bahor ham kuzda kovlab olib, tirikchiligingga ishlat. Zora shu bilan boyib ketsang.
Otasi shu gaplarni aytibdi-da, olamdan o‘tibdi. Bu payt qish ekan, bola bahorni orziqib kutibdi. Olamni gullolaga o‘rab bahor ham kelibdi. Yigit ketmonni qo‘liga olib, toklarning tagini belbog‘ bo‘yi qilib kovlab chiqibdi. Biroq oltin topilmabdi. Shu orada toklar kurtak chiqarib yaproq yoza boshlabdi. Yigit tilla qidirishni vaqtincha to‘xtatib, tok bilan ovora bo‘lib qolibdi. Shu yili tok chunonam hosil beribdiki, yigit uni pullab tamom qila olmabdi. Kelasi yil ko‘klamda ham yigit oltin qidirib bog‘ning tit-pitini chiqarib yuboribdi. Yana oltin topilmabdi.
Biroq bu yil tok o‘tgan yildagidan ham ko‘p hosil beribdi. Yigit uni pullab juda ham boyib ketibdi. Lekin hamon yigitning xayoli otasi aytgan oltinda ekan. U shu to‘g‘rida xayol surib o‘tirgan ekan, otasining qadrdon oshnasi kelib qolibdi. Yigit unga voqeani aytgan ekan, chol xoxolab kulibdi-da, keyin:
— Bolam, otang aytgan oltinlarni olibsan-ku, — debdi.
— Otaxon, bog‘dan bir misqol ham oltin topganim yo‘q, — debdi yigit.
— Nega yolg‘on gapirasan? Bo‘lma­sa, bu boyliklarni qayerdan orttirding? — debdi chol.
— Mehnat qilib topdim.
— Sen mehnatni mo‘l hosil olish uchun­ emas, oltinni topish uchun qil­ding. Otang rahmatli ko‘p aqlli odam edi. U senga mehnatdan unadigan ol­tinlarni aytgan, — debdi chol.
Xalqimiz dangasalik, mehnatni sevmaslikni kambag‘allikka olib boruv­chi yo‘l deb ta‘lim beradi. Barcha yomon fazilatlar dangasalik, bekorchilik orqasidan kelib chiqishini uqtiradi.
Bir qashshoq donishmand cholning oldiga kelib:
— Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo‘q, juda qiynaldim, nima qili­shimni bilmay qoldim. Endi qayerga borib dod desam ekan? — debdi. Chol:
— Sen kambag‘almisan? — desa, u:
— Ha, bola-chaqalarim va o‘zim ochman, kiyim-kechagimiz yo‘q, — deb nihoyatda zorlanibdi. Chol:
— Xo‘p, bo‘lmasa menga o‘ng qo‘lingni sot, necha pul beray? — desa, haligi yigit:
— Yo‘q, o‘ng qo‘lim o‘zimga kerak, sotmayman, — debdi. Sh ... Читать дальше »

Категория: Jamiyat | Просмотров: 681 | Добавил: ஜ☆DJ_Aloviddin☆ஜ | Дата: 02.05.2014 | Комментарии (0)

Odamiylik ko‘rki yoxud salomlashish xususida

 

Atrofdagi kishilarga mutlaqo e’tibor bermay, o‘zlarining bachkana qiliqlaridan uyalmay bir-birini cho‘lp-cho‘lp o‘payotgan kishilarni ko‘p ko‘rganmiz. Qiziq, xalqimizning urf-odatlarida bunday salomlashish tarzi avvaldan bormidi yoki madaniy saviyasi kundan-kunga "ortib" borayotgan ayrim zamondoshlarimizning o‘zlari bu odatni "kashf" etishdimi?
Bu savollar kishini o‘ylashga majbur etadi. Ayni masalada mulohaza yuritgan sayin salomlashish bilan bog‘liq noxush harakatlar birin-ketin bo‘y ko‘rsata boshlaydi. Buni qarangki, salomlashish faqat o‘pishishdan iborat emas ekan...
Salomlashish dunyodagi deyarli barcha xalqlarga xos odat, salomlashmaydigan xalq yo‘q hisobi. Salom turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi. Masalan, musulmon ahli uchun "assalomu alaykum" (sizga tinchlik tilayman) iborasi salomlashish ifodasi hisoblansa, hindlarda "namaste" (bosh omon bo‘lsa, hamisha birgamiz), xitoyliklarda "chifan-lya-ma" (sen bugun ovqatlandingmi?), fransuzlarda "bonjur" (xayrli kun tilayman), inglizlarda "gud moning" (xayrli kun tilayman), ruslarda "zdrastvuy" (salomatlik tilayman), italyanlarda "Chao" (yaxshimisiz), deya salomlashiladi.
Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, ushbu salomlashuvlarning barchasi mazmunan hîl so‘rashish, yaxshi tilak tilashni anglatadi. Demak-ki, salomlashish ezgu odatlar sirasidandir. Salomlashishning so‘z orqali ifodalanmaydigan usullari ham uchraydi. Masalan, ba’zi bir xalqlarda imo-ishoralar orqali ham salom beriladi. Xususan, afg‘onlarning o‘ng qo‘lini peshonasiga tekizib, ta’zim qilishini, ayrim ovro‘paliklarning bosh kiyimini yechib, qayta kiyishini, tibetliklarning bir-biriga tilini chiqarib tirjayib qo‘yishi-yu bosh irg‘ab qo‘yishlarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Salomlashish faqat hol-ahvol so‘rashishni emas, balki kishilarning psixologiyasini ham aks ettiradi. E’tibor berganmisiz, kimdir qo‘l uchida, yana kimdir qo‘sh-qo‘llab, boshqasi esa qo‘lni qoringa qo‘yib salomlashadi. Bunday ko‘rishishlarning yana ko‘plab "yo‘l-yo‘riq"larini keltirib o‘tish mumkin. Albatta, qo‘l uchida ko‘rishgan kishining o’ziga bino qo‘yganini payqash qiyin emas, zero, uning bu harakati ko‘rishayotgan birodarini o‘zicha mensimayotganini bildirsa, qo‘sh-qo‘llab ko‘rishayotgan odamning xatti-harakatlaridan so‘rashayotgan kishini qattiq hurmat qilishini anglab olamiz.
Endi salomlashishda talaffuzning o‘rni haqida mulohaza qilib ko‘raylik.

... Читать дальше »

Категория: Jamiyat | Просмотров: 907 | Добавил: ஜ☆DJ_Aloviddin☆ஜ | Дата: 02.05.2014 | Комментарии (0)

ЖАНРЫ

УЗБЕКСКИЕ МУЗЫКА

НАШИ ПРОЕКТЫ

ФЭН-КЛУБ

ВАША РЕКЛАМА

ОПРОС
Оцените мой сайт

Всего голосов: 144
НАШИ ГРУППЫ
ТОП КОММЕНТАТОРОВ
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
CinemaUz.Net - Первый Онлайн Кинотеатр ©2013-2014.

Смотреть Узбекские фильмы | Смотреть Узбекские клипы | Смотреть Концерты | Смотреть мультики | Смотреть Боевики